Prezident Şavkat Mirziyoyev şaxmat va paraşaxmat olimpiadalarining ğolib va sovrindorlari hamda ularning murabbiylarini rağbatlantiriş böyiça qaror qabul qilganini maʼlum qildi.
Qarorga muvofiq, çempionlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Muhiddin Madaminov va Şamsiddin Vohidov uy va avtomobil bilan taqdirlanadi.
Paraşaxmatçilar Ahadxon Kimsanboyev, Marsel Şoyusupov, Sardorbek Mamarajabov, Selbi Kakişova va Sirojiddin Zayniddinovga ham uy-joy va avtomobil beriladi.
«Albatta, maşina ham kerak-ku, lekin kelajak kelinlar uçun uy ham kerak», – deya hazil qildi davlat rahbari.
Şuningdek, jamoa murabbiylari Rustam Qosimjonov va Samandar Şermuhamadov ham avtomobil bilan mukofotlanişi qöşimça qilindi.
Bundan taşqari, prezidentning «vatanimiz şuhratini yuksaltirişga qöşgan hissasi, mahorati va jasorati uçun bir guruh şaxmatçilar, ularning ustozlari va soha vakillarini davlat mukofotlari bilan taqdirlaş töğrisida»gi farmoni böyiça Olimpiada çempioni bölgan har bir şaxmatçi 200 ming dollar, ularning murabbiylari 50 ming dollar miqdorida pul mukofoti oladi. Bronza medalini qölga kiritgan har bir paraşaxmatçiga 50 ming dollar, ularning murabbiylariga 12 ming 500 dollardan beriladi.
«Şaxmatçi va paraşaxmatçilarimiz bugunning özida yangi maşinalarini haydab, yangi uylariga kirib borişadi», – dedi davlat rahbari.
Bu mukofotlar faqat bugungi ğalabaning eʼtirofi emas, balki oldinda turgan yanada baland marralarga bildirilgan katta işonç ramzi bölişi kerakligi taʼkidlandi.
Mamlakat yetakçisi sportçilarning ota-onalari, ustoz va murabbiylari hamda Özbekiston şaxmat federatsiyasi jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
«Ilohim, ğalabalarimiz bardavom bölsin! Doimo soğ-omon bölinglar, aziz farzandlarim!» – dedi prezident uçraşuv yakunida.











