Osiyo öyinlari. Yarimfinal
Özbekiston – Yaponiya 1:1 (pen: 8:9)
Gollar: Sardorbek Bahramov 8 – Işibaşi 88
Özbekiston U-23: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, Dilşod Murtazayev, Ğiyosjon Rizaqulov, Sardorbek Bahromov, Saydumarxon Saydnurullayev (Nurlan Ibraimov 13), Muhammadali Örinboyev (Ravşan Xayrullayev 66, Muhammadali Reimov, 117), Asilbek Jumayev (Şodiyor Şodiboyev, 86), Azizbek Tölqinbekov, Röziboy Fayzullayev, Ollabergan Karimov
Yaponiya U-23: Aleksandre Pisano, Keyta Kosugi, Kayto Suçiya, Şuto Nagano, Nelson Işivatari, Kenşin Yasuda, Yutaka Miçivaki, Xisatsugu Işii, Şusuke Furuya, Soiçiro Mori, Sena Işibaşi
30-sentabr kuni Osiyo öyinlarining futbol böyiça musobaqasi yarimfinalida Özbekiston U23 jamoasi mezbon Yaponiyaga qarşi maydonga tuşdi.
Özbekistonliklar öyinning 8-daqiqasida uyuştirilgan tezkor qarşi hujumda hisobni oçişdi – qanotdan jarima maydoniga töp oşirilgaç, Sardor Bahromov heç qanday qarşilikka uçramasdan aniq zarba berdi.
Öyinning ikkinçi bölimida Yaponiya katta ustunlikka erişdi va faqat darvozabon Samandar Muratbayevning ketma-ket seyvlari öyin oxirigaça hisobdagi ustunlikni taʼminladi. Ammo baribir 88-daqiqada raqib muvozanatni tikladi – Işibaşi qanotdan havolatib uzatilgan töpga barçadan baland sakradi va boşda yöllagan zarbasi bilan darvoza törini işğol etdi.
Qöşimça bölimlarda hisob özgarmadi. Penaltilar seriyasida esa tomonlar 10-martadan zarba berişdi. Hal qiluvçi pallada esa Şodiyor Şodiboyevning zarbasidan keyin töp darvoza tösinini titratdi va yakuniy hisob 8:9 körinişida qoldi.
Endi Ravşan Haydarov şogirdlari 3-oktabr kuni 3-örin uçun Xitoyga qarşi öyin ötkazadi.
Yaponiya esa finalda esa Janubiy Koreya bilan töqnaşadi.












