Iqlim özgarişi haqiqatmi? Şunday bölsa, unga qanday tayyorgarlik körişimiz kerak? Markaziy Osiyo davlatlarining birgalikda çora körişi qançalik muhim? Toşkentda «Barqaror rivojlaniş maqsadlarida Markaziy Osiyoda iqlim özgarişining tabiiy resurslarga taʼsirini yumşatiş yöllari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkazildi.
- Iqlim özgarişi haqiqatmi?
Doniyor Turğunov, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori: Ha. Iqlim özgarişining eng birinçi körsatkiçi - muzliklar. Ularning jadal erib borayotgani iqlim özgarişining yaqqol dalilidir.
Baxtiyor Kadirov, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasi mudiri: Ha, iqlim özgaryapti. Lekin bu masala atrofida asossiz talqinlar ham köp. Harorat oşayotgani - fakt. Tungi örtaça harorat kunduzgiga nisbatan köproq oşgan. Kunduzgi harorat 1,5 darajaga oşgan bölsa, tungi harorat 2,5 darajaga kötarilgan.
Anvar Homidov, Tojikiston Fanlar akademiyasi Muzliklar va kriosferani örganiş instituti direktori, Tojikiston: Hozir biz iqlim isişi jarayoni keçayotgan davrdamiz. Bu jarayon insoniyat tomonidan hali oxirigaça örganilmagan.
Bolot Moldobekov, Markaziy Osiyo amaliy yer tadqiqotlari instituti direktori, Qirğiz Respublikasi: Bu haqiqat. Avvalo, yer yuzasi harorati özgaryapti. Ikkinçidan, yoğin miqdori özgaryapti.
- Qozoğistonda ham muzliklar eriyaptimi?
Diana Aripxanova, YuNESKOning Olmaotadagi vakolatxonasi vakili, Qozoğiston: Ha, albatta. Biz ham butun mintaqada kuzatilayotgan muammolarga duç kelyapmiz.
Baxtiyor Kadirov: Bu holat hamma joyda kuzatilyapti. Himolayda ham, Pomirda ham, Yevropada ham muzliklarning quyi çegarasi yuqorilab boryapti.
Bolot Moldobekov: Bunda eng yaxşi, örtaça va eng yomon ssenariylar işlab çiqiladi. Biz ana şu ssenariylarga moslaşişimiz kerak.
Anvar Homidov: Biz Yer şarida keçayotgan jarayonlarni örganyapmiz. Ammo Yerdan taşqaridagi jarayonlarni töliq örganiş uçun insoniyat hali yetarli texnik imkoniyatlarga ega emas. Şuning uçun biz buni insonning Yerdagi faoliyati, neft va gaz kabi tabiiy resurslardan foydalanişi bilan boğlaymiz. Yer yuzasi ustida maʼlum bir qobiq hosil böladi va bu Quyoş nurlanişining qaytişiga taʼsir qiladi. Iqlimning isişi yoki sovişi, asosan, yer yuzasiga yetib keladigan Quyoş nurlanişiga boğliq.
Mavzuga oid
Baxtiyor Kadirov:
Sunʼiy yöldoş maʼlumotlari Antarktidada ham muzliklarning umumiy maydoni kamayib borayotganini körsatyapti.
Doniyor Turğunov: Sunʼiy yomğir yoğdiriş, dölga qarşi kuraşiş texnologiyalari bor. Kelgusi beş yilda atmosferaga taʼsir körsatiş texnologiyalari va şu yönalişdagi tadqiqotlar öta dolzarb bölib boradi.
Anvar Homidov: Muzliklar va qor qoplami - butun Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan eng qimmatli, «oltin» zaxirasidir.
- Biz qilişimiz zarur bölgan işlar nimalardan iborat?
Baxtiyor Kadirov: Oddiy odam nima qila oladi, hukumat nima qila oladi - bu har birining imkoniyatiga boğliq.
Doniyor Turğunov: Masalan, bu yil muzlik ustiga maxsus mato töşadik. Bu mato Quyoşdan keladigan töğridan töğri nurlanişni birmunça tösib qoladi. Keyingi ekspeditsiyamizda uning qançalik natija berganini tekşiramiz. Bundan taşqari, sunʼiy muz ustunlarini yaratiş ham bor.
Anvar Homidov: Butun mintaqada suğoriş tizimini kompleks ravişda yaxşilaşimiz kerak. Bunga nasos stansiyalari, suv töplanadigan hududlar va albatta, mavjud suv omborlarining holatini yaxşilaş ham kiradi.
Baxtiyor Kadirov: Toşkentda azaldan toğ bilan voha örtasida şamol esadi. Keçasi toğdan vohaga, kunduzi havo isigaç, vohadan toğga qarab esadi. Agar boşqa hududdan, masalan, yoğingarçilik olib keladigan atmosfera jarayoni kirib kelmasa, bu holat har sutkada takrorlanadi.
Endi siz şu şamol yöliga 15 qavatli uy qurdingiz. Natijada nima böladi? Keçasi toğdan kelib, turar joylar havosini almaştiradigan şamol tösiladi. Şunda töplangan ifloslantiruvçi moddalar, jumladan, sanoat gazlari tarqalib ketmay, öşa yerda qoladi.
Bolot Moldobekov: Muammolarga qarşi haqiqiy çoralar körişimiz kerak. Turli dasturlar, ayniqsa, Ğarb dasturlari ilgari surayotgan afsonaga öxşaş yeçimlar bilan çeklanib bölmaydi. Ular menga maʼqul emas. Daryolarda toşqin bölsa, «yaşil yeçim» taklif qilişadi: daraxt ekaylik, qirğoqni mustahkamlaylik, deyişadi.
Xöş, ilgari odamlarimiz buni bilmaganmi? Ular ham daraxt ekişni bilgan. Gap şundaki, bizda toğ daryolari bor. Birinçidan, suv oqimi daraxtni oqizib ketadi. Ikkinçidan, u yerlar şağal, qayroqtoş va qumdan iborat. Bunday joyga daraxt ekkaningiz bilan u ösmaydi.
Doniyor Turğunov: Uzoq muddatli prognozlar işlab çiqiş kerak. Masalan, yozdayoq kuz yoki qiş uçun prognoz tayyorlaş lozim. Atmosfera havosining ifloslanişini ilgari kuzatib, baholab kelgan bölsak, endi uni prognozlaşga ötişimiz kerak.
Anvar Homidov: Suv resurslaridan samarali foydalanişni yölga qöyiş barçamizga boğliq.
Baxtiyor Kadirov: Masalan, korxonalarni joylaştiriş masalasini olaylik. Çorvoq Toşkentning asosiy suv manbai, töğrimi? Öşa yerdan suv olinadi va tozalab yetkazib beriladi. Şunday ekan, uning atrofida sayyohlik hududlari quriş töğrimi? Bu - savol.
Bir tomondan, odamlar dam olişi, hordiq çiqarişi kerak. Lekin boşqa tomondan, inson faoliyatidan hosil bölgan çiqindilar suvga tuşadi. Mayli, suvga turli usullarda işlov bering, filtrlardan ötkazing. Ammo heç qayerda uni yuz foiz tozalaş kafolati yöq. Yuz foiz tozalab beradigan texnologiyaning özi yöq.
Bolot Moldobekov: Menimça, sovet davridagi tizim töğri edi: avvalo, u yoki bu loyiha texnik jihatdan asoslanardi. Keyin loyihaçilar izlanişlar olib borib, loyiha işlab çiqardi.
Abror Ğafurov: Toğlarimizda suv zaxiralari bor. Buni hamma biladi. Iqlim özgarayotganini ham hamma biladi. «Iqlim özgaryapti, suv kamayyapti», deyişadi, ammo gap köpinça şundan nariga ötmaydi. Bizning vazifamiz esa bu zaxiralar qança ekanini va qaçongaça yetişini aniqlaş.
Anvar Homidov: Bizda suğoriş tizimidagi suv yöqotişlari 20–30 foizni taşkil qiladi. Suvni yetkazib beriş jarayonida juda katta miqdorni yöqotyapmiz. Suvning bir qismi yerga singib ketadi, yana bir qismi esa yuqori harorat taʼsirida buğlanadi.
Baxtiyor Kadirov: Daraxt ekiş kerak, suvni tejaş kerak. Lekin suvni qanday tartibda boşqaramiz? Qaçon qöyib yuboriş, qaçon qöyib yubormaslik, qaçon töplaş kerak?
- Hozirgi vaziyat va kuzatilayotgan özgarişlardan kelib çiqib, ekin maydonlarini oldindan qisqartirişimiz kerakmi? Yoki hali vaqtimiz bormi?
Anvar Homidov: Men sönggi 20–25 yildan beri iqlimni örganiş bilan şuğullanaman. Bundan 10–15 yil avval ham suv omborlari quriş, qorni uşlab qoliş uçun daryolarning yuqori oqimida örmonzorlarni köpaytiriş kerakligini aytganman.
Quyi oqimda qurilgan suv ombori köproq maydonni egallaydi. U yerda harorat ham yuqoriroq bölgani uçun buğlaniş köp böladi. Yuqori oqimda esa daralar bor. Şu daralarda suvni uşlab qoliş va örmonzorlarni köpaytiriş orqali iqlim özgarişining suv resurslariga taʼsirini heç bölmasa biroz yumşatiş mumkin. Lekin hozir bu jarayon tobora tezlaşyapti.
Baxtiyor Kadirov: Ilgari ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik işlari tizimi bor edi. Deylik, ilmiy iş natijasida yangilik yaratdingiz. Uni amaliyotga joriy etiş uçun ana şu işlar bajarilardi.
Bu yangilik qanday foyda beradi? Uni joriy qilgandan keyin qayerdan va qança foyda köriladi, qança zarar bölişi mumkin? Uni amalga oşiriş uçun qança mablağ kerak? Sarflangan mablağ neça yilda qoplanadi? Bularning hammasini hisoblab çiqiş zarur. Aniq iqtisodiy hisob-kitob bölmasa, heç bir masʼul tavakkal qilib mablağ ajratmaydi. Köp loyihalarda aynan şu jihat yetişmaydi.
Abror Ğafurov: Kuni keça Nukusda bölib, suv masalalari bilan boğliq ahvolni örgandim. Hisob-kitoblarimizga tayanib, kelajakda bizni nimalar kutişi mumkinligi haqida maʼlum tasavvurga egamiz. Hozirgi holatni kelajakdagi ehtimoliy vaziyat bilan taqqoslasam, juda açinarli manzara körinadi. Qoraqalpoğistonda çorvaçilik ham, dehqonçilik ham pasayib borayotgan ekan. Şoli ekişga ruxsat berilmayotgan ekan. Odamlar esa: «biz ilgari şoli ekardik», deyişyapti.
Lekin bu borada yaxlit, integratsiyalaşgan model işlab çiqilmagan. Agar şoli yetiştirmasak, uni ekib kelganlarga örniga nimani yetiştirişga ruxsat beramiz? Ular oilasiga kelayotgan daromadning örnini nima bilan qoplaydi? Men şu masalalar böyiça aniq körsatmalar yöqligini köryapman. Odamlarda yetarli maʼlumot bölmagani uçun ular: «şoli ekardim, endi eka olmay qoldim», degan fikr bilan yuribdi.
Markaziy Osiyoda hammamizga yetadigan suv bor. Agar suvdan töğri foydalansak, hatto ortib ham qoladi. Neça yil «Orol dengizi quridi», deb gapirdik, hozir esa bu haqda gapirmay qöydik. Orol dengizi qanday hosil bölgan? Amudaryo va Sirdaryodan ortib qolgan suv öşa yerga borib töplangani uçun. Uni ataylab, sunʼiy yöl bilan hosil qilişmagan. Hozir esa u deyarli quridi.
Menimça, suvdan töğri foydalansak, suğorişning innovatsion usullarini joriy etsak, Qoraqalpoğistonning hozir suv yetişmayotgan joylariga ham suv yetkazib beriş mumkin. Keça Nukusda Suv xöjaligi vazirligi qilayotgan işlardan birining ijobiy natijasini kördim: suv yetkazib beruvçi kanallar betonlaştirilyapti. Bu ham ança suvni tejaydi.
Yer yuzasidan suğoriş - eski usul. Unda suv sarfi ham, yöqotiş ham köp. Tomçilatib suğoriş va boşqa suv tejovçi texnologiyalarni joriy etiş haqida gapiriladi. Lekin yanada yaxşiroq usullar ham bor. Keça fermerlar bilan muhokama qilgan masalalarimdan biri - yer ostidan tomçilatib suğoriş. Çunki yer ustidan tomçilatilganda ham suvning bir qismi buğlanib ketadi.
Umuman, bu yerda yaxlit yondaşuv kerak. Suv kamaysa, odamlarga nima taklif qilamiz? Şoli ekmasak, örniga nima ekamiz? Paxtadan voz keçsak, nima qilamiz? Agar umuman dehqonçilik qiliş imkoni qolmasa, aholiga qanday muqobil daromad manbaini taklif etamiz? Bu masalalar iqtisodiyot bilan çambarças boğliq bölişi kerak.
Özbekistonda band aholining taxminan 30 foizi qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, fermerlik, dehqonçilik va tomorqada işlaş orqali daromad topadi. Bularning barçasi suvga boğliq. Suv kamaysa, bu işlarni qiliş imkoni çeklanadi. Bir muddat yer ostidan suv olişimiz mumkin, lekin u zaxira ham çeksiz emas.
Şuning uçun hozir viloyatlar kesimida integratsiyalaşgan modellaştirişni yölga qöyiş haqida öylayapman. Balki bu işni Qoraqalpoğiston misolida, hukumat bilan birgalikda boşlarmiz. Barça sohalarni qamrab oladigan, insonlarga yaxşi yaşaş şaroiti yaratişga qaratilgan model kerak. Biz suv sohasi mutaxassislari sifatida, avvalo, suv imkoniyatlaridan kelib çiqamiz; turizm yoki boşqa sohani boşlanğiç nuqta qilib ololmaymiz. Çunki bu hududlarda asosiy daromad manbai qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişdir. Kelajakda ham bu daromadni taʼminlaş zarur.
- Umuman, hukumatlarning harakatlari ilm-fan taraqqiyotiga hamqadammi? Yangi ilmiy yeçimlar paydo bölyapti. Hukumatlar ularni amaliyotga tatbiq etişga ulguryaptimi?
Baxtiyor Kadirov: Deylik, olim bir yangilik yaratdi. Uni amaliyotga joriy etiş jarayoniga ham öşa olimning özi boş-qoş bölişi kerak. Albatta, bu iş uçun mablağ ajratilişi zarur. Kerakli hisob-kitoblar körsatilgandan keyin loyihani amalga oşiriş lozim.
Ammo baʼzan olim yangilik yaratadi-yu, keyin çetga çiqib ketadi. Davomini boşqa odam bajaradi. Uning bilimi va malakasi öşa olimnikidek bölmasligi mumkin. Jarayonlarning nozik jihatlari, sabablari bor - ularni biliş kerak. Heç bir olim texnologiyani yozib berayotganda barça mayda tafsilotlarni töliq bayon qila olmaydi. Yöriqnomada bir jumlada ifodalangan narsani amalda tekşiriş zarur. Kutilmagan holatlar ham yuz berişi mumkin.
- Xalqaro taşkilot vakili sifatida Markaziy Osiyo hukumatlari örtasidagi hamkorlik va harakatlar muvofiqligini qanday baholaysiz?
Diana Aripxanova: Juda yaxşi savol. Birgalikda işlaş zarur. Tadqiqotlar, kuzatuvlar olib borayotgan, ilmiy kaşfiyotlar qilayotgan mutaxassislar va ilmiy xodimlar bor. Lekin bu bilimlarni qaror qabul qiluvçilarga yetkaziş kerak.
Ilmiy tadqiqot natijalari köpinça hali umumlaştirilmagan dastlabki maʼlumotlar şaklida böladi. Ularni davlat idoralari xodimlari uçun tuşunarli tilda bayon qiliş zarur. Şunda ular qaror qabul qilişda bu bilimlarga tayana oladi, mamlakatlar ham jarayonga faolroq qöşilib, iqlim özgarişi bilan boğliq muammolarni qanday hal etişni yaxşiroq tuşunadi.
- Şu maʼnoda, ilm-fan va hukumatlar örtasidagi muloqotning hozirgi holatidan qoniqasizmi?
Diana Aripxanova: Albatta, bu borada hamişa yaxşilaş mumkin bölgan jihatlar bor. Tajribamdan kelib çiqib aytadigan bölsam, masalan, loyihamiz doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan işlaymiz. Ularning xabardorlik darajasi, umuman olganda, yaxşi.
Lekin ilmiy kuzatuvlar har kuni olib boriladi, yangi natijalar olinadi. Şuning uçun manfaatdor tomonlar, ayniqsa, qaror qabul qiluvçilar bilan aloqani yanada mustahkamlaş zarur.
- Ilmiy til murakkab. Uni jamoatçilik va hukumatlarga yetkaziş uçun soddaroq, tuşunarliroq şaklda bayon qiliş kerak, şekilli?
Diana Aripxanova: Ha, aslida YuNESKOning asosiy vazifalaridan biri ham şu. Biz mutaxassislarni birlaştiramiz, ilmiy maʼlumotlarni jamlaymiz va qaror qabul qiluvçilar uçun qisqa tahliliy tavsiyanomalar tayyorlab, ularga taqdim etamiz.
Keyin bu materiallarni ular bilan birga yana takomillaştiramiz. Mahalliy maʼmuriyatlar va jamoalar bilan ham işlaymiz, öquv maşğulotlari ötkazamiz. Iqlim özgarişi nima ekanini tuşuntiramiz. Yer köçkisi, zilzila, sel kabi xavfli tabiiy hodisalar va bunday vaziyatlarda nima qiliş kerakligi haqida maʼlumot beramiz.
Bu - uzluksiz jarayon. Menimça, biz xalqaro taşkilot sifatida ana şu hamkorlik uçun maydon vazifasini bajaramiz.
- Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarini tilga olmadingiz. Nega?
Diana Aripxanova: Bu alohida va juda muhim yönaliş. YuNESKOda jurnalistika bilan şuğullanadigan alohida bölim bor. Biz ular bilan yaqin hamkorlik qilamiz, jurnalistlarni jalb etamiz va axborotni qanday taqdim qiliş böyiça öquv maşğulotlari ötkazamiz.
Masalan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va jurnalistlarni taklif qilib, jamoalar va keng aholiga axborotni töğri yetkaziş usullarini birgalikda işlab çiqamiz.
- Bu savolim xalqaro taşkilot vakilidan köra Markaziy Osiyoda yaşayotgan oddiy insonga qaratilgan. Kelajak haqidagi şu qadar jiddiy prognozlarni hisobga olsak, ahvolimizni yengillaştira olamizmi?
Diana Aripxanova: Oddiy inson sifatida aytsam, birgalikda işlasak, hammasi mumkin deb öylayman. Asosiysi, mavjud muammoga befarq bölmaslik va u haqda boşqalarni ham xabardor qiliş. Markaziy Osiyoda yaşovçi oddiy inson sifatida ham özim bilgan maʼlumotlarni boşqalarga yetkazişga harakat qilgan bölardim.