Bu qaynoq çiqişlardan şunday xulosaga keliş mumkin: endi yuzing-közing deb ötiradigan zamon ötdi, hamma aytar gapini dangal ayta boşladi, barça pardalar kötarilgan. Netanyahu endi maydalaşib ötirmay, Isroil davlatining iddaosini oçiq aytişga ötdi: «Yahudiylar Jölon tepaligida Muso payğambar davridan buyon yaşaydi, buni Injildan öqib oling». Butun boşli dunyo minbaridan mana şunday nojiddiy iddao yangragani endi heç qanday muvozanat, heç qanday çeklab ötib bölmaydigan maʼnaviy çegara qolmaganini körsatadi.

Bir davlat boşqa davlat yerlariga Tavrotda, Injilda, Qurʼonda yozilgan oyatlar böyiça daʼvo qilişi faqat yangi uruşlar keltirib çiqarişi mumkin xolos. Muqaddas kitoblarni qöyaturaylik, yaqin tarixga aloqador birgina iddao Yevropa şarqidagi oxirgi 80 yildagi eng katta uruşni boşlab berdi. Endi öylab köring, hamma tarix kitobini varaqlab, öz iddaolarini ilgari sursa, nima böladi?

Birgina Çingizxon yaratgan imperiya hozirgi qaysi davlatlar ustida hukmron bölganiga qaraşning özi kifoya. Yoki Makedonskiy avlodlari «Bizning bobomiz falon yerlarda ot çoptirgan», deb çiqişi dunyoning oyoğini osmondan qiliş uçun yetarli. Hozir Netanyahu hukumati arablarni quvib, yerlarini bosib olişdan töxtamayotgan muqaddas yerlar keçagaça Usmonlilarga, Birinçi jahon uruşidan keyin inglizlarga tegişli edi. Endi Netanyahu dunyo minbariga çiqib, hali u tuğilmagan vaqtda Isroil degan davlat asos solinişi uçun Falastinni ikkiga bölib bergan BMTni bepisand qilib, sahnaga hizbullohçilarni portlatgan peyjerni körsatmoqda. Bu dunyoda heç qanday maʼnaviy çegara qolmadi degan gapimizni isbotlaydi.

BMTda qaynoq hafta

Haftaning eng muhim voqeasi tabiiyki, Nyu Yorkda ötgan BMT sammiti böldi. Taşkilotga aʼzolar bunday yiğilişlarga davlati muhim deb hisoblagan mavzularni kötarib boradi. Masalan, Özbekiston prezidenti Islom Karimov 1998-yil BMT sammitida butun dunyoni Afğonistondagi nazoratsiz vaziyat global xavf ekani, bunday şaroitda terrorizm faol rivojlanişidan ogohlantirgandi.

2000-yil sentabrda marhum prezident Karimov Afğoniston böyiça ogohlantirişini yana Nyu Yorkdagi BMT sammitida turib takrorlaydi. Roppa-rosa bir yil ötib, 2001-yil sentabrda Karimov vaziyat izdan çiqqani haqida ogohlantirgan Afğonistonda turib tayyorlangan terakt orqali xuddi şu ogohlantiriş yangragan şahar Nyu Yorkni portlatişgandi.

Karimov şubhasiz, katta siyosatçi edi, bunaqa katta minbarlarda qanday gapirişni yaxşi bilardi. Biroq uşbu haftadagi sammit yuqorida misol qilganimiz kabi mulohazali ogohlantirişlar bilan emas, alamzada nutqlar, ayblovlar, mantiqsiz iddaolar bilan yodda qoldi.

Kiriş qismida töxtalganimiz – Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu nutq sözlaşga çiqqanda 70 ga yaqin davlat delegatlari zalni tark etdi. Isroilliklar «zalni tark etganlar taşqariga çiqib, Bibining nutqini televizorda körişgani» haqida hazil qilişdi. Lekin men bu nutqni jonli efirda diqqat bilan tomoşa qildim. Uning askar çiqişlarini körib boraman, çunki kimnidir kuzatmay turib tanqid qiliş töğri emas. Netanyahu juda xarizmatik siyosatçi, inglizçada ham burro-burro gapiradi, uning inglizçasi nihoyatda tuşunarli.

BMTdagi çiqişida Netanyahu hisob-kitob daftarini oçib, röyxat böyiça hammani diplomatçasiga sökib çiqdi. Turkiya prezidenti Erdöğanni zolim deb atab, «muxolifatçilarni öldiriş, jurnalistlarni qamaş, armanlar qirğinini tan olmaslikda» aybladi. Nyu York hokimi Mamdanini uni hibsga olişga çaqirgani uçun şarmanda dedi, «hokimning xotini HAMASning hujumi oqlangan postlarga like bosganini» aytişga ham ulgurdi. Fransiya va Britaniyani Isroil haqida yolğon tarqatişda aybladi. Xullas, heç kim qolib ketmadi. Oxirida zalda qolgan uç tört kişini sergak torttirib, «Hizbulloh»ni mana şular bilan portlatgandik», deb çöntagidan peyjer çiqardi.

Netanyahudan taşqari Ukraina prezidenti Zelenskiyning nutqi ham esda qolarli böldi. Ukraina prezidenti Rossiya yil boşidan buyon yöqotgan askarlari soni kiçikroq davlat aholisiga teng ekanini aytdi, ruslar har bir egallangan km uçun 248 odam yöqotayotgani eslatdi, Putinni «uruşni kattalaştirayotgan nolinçi raqamli bemor» deb atadi, yaʼni u – patient zero dedi. Tibbiyotda biror kasallik yoki virus tarqalişini boşlab bergan eng birinçi bemor şunday ataladi. Bu öxşatiş bilan Putinni uruş ğoyasini tarqatuvçi deb körsatdi.

Eron prezidenti Amerikada

BMT sammitidagi yana bir esda qolarli çiqiş muallifi Eron prezidenti Masʼud Pizişkiyon böldi. Eron prezidenti sammitda noodatiy biror gap aytmadi, Amerika maktab bolalarini öldirgani, sportzalda bolalar öynayotganida bomba tuşgani kabi oldin ham taʼkidlangan faktlarni takrorladi. Lekin Eronning ikkinçi raqamli odami Amerikaga borganining özi qiziq voqea böldi. Amerika yil boşidan buyon Eron bilan uruşib yotibdi, Tehronda öldirmagan siyosatçisi, diniy rahbari qolmadi. Lekin Eron prezidenti heç nima bölmagandek Amerikaga borib, Amerikani tanqid qilib nutq sözladi. Bu Amerika çindan sehrli diyor.

Rossiyada saylovlar

Aytgança, hafta davomida Rossiyada parlament saylovlari natijasi eʼlon qilindi. Rasmiy hujjatlarga köra, rekord davomat bilan ötgan saylovda Putinning partiyasi rekord natija bilan ğolib böldi. Boşqaça bölişi mumkin emasdi axir. Kreml uçun uruş davrida parlament saylovlarini ötkazib oliş muhim edi.

Töğriroği, şunçaki saylov ötkazib, «Yedinaya Rossiya»ning katta farqdagi ğalabasini körsatiş emas, uruşga qarşi bölgan har qanday nomzod kamsitiş darajasida past ovoz olganini «Rossiya 24» tomoşabinlariga körsatiş muhim edi. Yaxşimi-yomonmi, bir amallab şunday kartinani körsata olişdi. Rossiya muxolifati «hukmron partiya aslida eʼlon qilinganidan ança past ovoz olganini» aytib çiqmoqda, lekin buni isbotlab bölarmidi.

Xitoy raisi AQŞga bordi

Hafta davomida Xitoy raisi Si Jinping ham AQŞga bordi. Yöq, BMT sammitida nutq sözlaş uçun emas, çinliklar bu taşkilot Xavfsizlik Kengaşida bölsa ham, uni allaqaçon jiddiy qabul qilmay qöygan. Si AQŞga davlat taşrifi bilan bordi. Uni aerodromda şaxsan Tramp kutib oldi, şohona qabul ötkazdi, zör ziyofat berdi. Lekin aytilayotgan bayonotlardan dunyoning ikki lideri qandaydir muhim kelişuvga erişganga öxşamaydi. Balki yopiq qandaydir kelişuv bölgandir, bunisini tez orada Amerika naşrlarining «razvedkadagi manbalaridan» bilib olamiz.

«Raketada boraman»

Endi eng şov-şuvli yangilikka keldik, feyk tarqatişni yaxşi köradigan sariq Telegram-kanallar çaqmoqça belgisi bilan «tarqatvoringlar» deb yozsa arziydigan xabar. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaga borarkan! Faqat nyuans bor, raketada borar ekan. BMTda nutqini yakunlab çiqqan Zelenskiydan öşa yerdagi rossiyalik jurnalist «Qaçon Rossiyaga borasiz?» deb söradi.

Zelenskiy baribir söz ustasi, boşqa mavzuda gaplaşib ketayotgan bir vaqtda bir lahza öşa rossiyalik jurnalistga qaradi-da, «raketada» dedi. Yaʼni «Moskvaga raketada boraman», dedi. Rossiyalik propagandaçi «Qaçon Moskvaga borib taslim bölasiz?» deb Zelenskiyni mot qilib qöymoqçi böldi, lekin birgina sözdan iborat nihoyatda kuçli javob oldi. Bu kiçik epizod bir ölmas haqiqatni yana bir bor eslatdi: duşmanni mensimaslik mağlubiyat tomon taşlangan birinçi qadamdir. Omon böling.