Oliy ta'lim sifati köp jihatdan ta'lim jarayonining asosiy iştirokçilari bölgan pedagog xodimlarning bilimi, ilmiy salohiyati, kasbiy mahoratiga boğliq. Bu esa köp jihatdan oliy ta'lim muassasalaridagi pedagog xodimlar böş iş örinlari ommaga oçiq e'lon qilinganiga, işga oliş jarayoni qay darajada oçiq, şaffof, xolis va soğlom raqobat asosida taşkil etilganiga boğliq.

Şu örinda savollar tuğiladi: hozirda mamlakatimizda oliy ta'lim sohasida böş iş örinlariga pedagog xodimlarni jalb qiliş amaliyoti qay körinişda? Bu borada qanday muammolar mavjud? Bu masalalarda ilğor davlatlar tajribasi qanday? Ulardan nimalarni örganişimiz mumkin? Uşbu qisqaça tahlil orqali oliy ta'lim muassasalaridagi (OTM) böş iş örinlariga pedagog xodimlarni jalb qiliş tizimini takomillaştiriş böyiça fikr va takliflar bildirmoqçimiz. Ammo, avvalo...

Muammolar

Hozirda mamlakatimizda 110dan ortiq oliy ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Şundan 90dan ortiği mahalliy oliy ta'lim muassasalari bölib, bu körsatkiç kundan kunga ösmoqda. Ba'zi mahalliy oliy ta'lim muassasalaridagi pedagog xodimlar soni 100 nafardan kamroq bölsa, ba'zi yirik oliy ta'lim muassasalarida bu körsatkiç 1000-1200 nafardan oşiq. Uşbu oliy ta'lim muassasalarining har birida yil davomida taxminan 20dan – 200tagaça böş öqituvçilik iş örinlari oçiladi. Bu raqamlar oraliğidagi farq kölami oliy ta'lim muassasasining iqtisodiy holati, undagi talabalar soni va uning geografik joylaşuviga boğliq. Mamlakatdagi barça mahalliy oliy ta'lim muassasalari kölamida olganda bu uşbu ta'lim muassasalari tomonidan har yili taxminan 1800–5000 nafar pedagog xodimlar işga olinayotganini anglatadi.

Uşbu pedagog xodimlar qay yösinda işga olinyapti? Nomzodlar oliy ta'lim muassasasida iş örinlari oçilgani töğrisidagi ma'lumotni qayerdan olişyapti? Oliy ta'lim muassasasida iş örni oçilgani töğrisidagi ma'lumot kerakli guruhga yetib boryaptimi?

Afsuski, hozirça bu savollar oçiqligiça qolmoqda. Ehtimoliy javoblar esa odamni biroz xavotirga soladi.

Hozirda pedagog xodimlarni işga oliş Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida işga qabul qiliş tartibi töğrisida»gi Nizom asosida amalga oşirilişi lozim. Lekin kuzatişlarimiz köp oliy ta'lim muassasalarida uşbu nizom talablariga yetarliça amal qilinmayotganini körsatmoqda.   

Birgina misol: uşbu nizomda oliy ta'lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida işga olinişi ta'kidlangan. Unda tanlov haqidagi ma'lumotlar «vaqtli matbuotda yoki boşqa ommaviy axborot vositalarida, şu jumladan oliy ta'lim muassasasining köp naşrli gazetasida e'lon qilinişi» ta'kidlanadi. Lekin hozirda qança universitetlarning içki gazetasi mavjud?