Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 24 oktabr kuni soat 5:40larda M39 Almati-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Şerobod tumani Qörğon mahallasi hududidan ötgan 1102-kilometrida Damas maşinasi yonib ketgan.

Şerobod tumani Favqulodda vaziyatlar bölimiga soat 5:40da yonğin haqida xabar kelib tuşgan. Hodisa joyiga yonğin qutqaruv bölinmasi 5:45da yetib borgan. 5:56da yonğin öçirilgan. Ammo ungaça Damas maşinasining saloni va kuzov qismi yonib ketgan.

Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, Şerobod tumani Qoraboğ mahallasida yaşovçi 1998 yilda tuğilgan A.M. boşqaruvida bölgan Damas boşqaruvni yöqotgan. Söng yöl çetidagi gaz quvuriga urilib çaqnaş oqibatida yonib ketgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisada heç kim jabrlanmagan va vafot etmagan.