Meduza naşri maʼno va kontekstni töliq saqlagan holda uning sözlaridan qisqa iqtiboslar keltirdi.
«Rossiya Davlat Dumasiga saylovlardan biroz oldin Ukraina muzokaralarga qaytişga tayyorligini maʼlum qildi. Rossiya saylovlardan keyin aloqalarni tiklaşga tayyor edi. Ammo ovoz berişning asosiy kunida Kiyev Moskvaga hujum qildi, 1600 dan ortiq dron uçirdi va saylov uçastkalariga zarba berdi. Bunga javoban nima qilişimiz kerakligini hali öylab köramiz. Muzokaralarni qayta tiklaş böyiça qarorlarni öz manfaatlarimizdan kelib çiqqan holda qabul qilamiz».
«Ukraina Rossiyaning javob zarbalarini his qilişi kerak, ular şunçalik halokatliki, Ukraina sulh masalasini kötarmoqda va Rossiyaning «Geran» dronlari bilan zarbalarini töxtatişga harakat qilmoqda. Kiyevning provokatsion harakatlari Ukraina uçun vaziyatni faqat yomonlaştiradi».
«Rossiya Yevropa bilan harbiy harakatlarga tayyorlanmayapti, bunday reja yöq. Yevropa davlatlari vaziyatni börttirib, provokatsiyalar bilan şuğullanmoqda, ular Ukrainadan Rossiyaga qarşi kuraş vositasi sifatida foydalanişda davom etmoqçi».
«Biz Boltiqböyi mamlakatlarida rusiyzabonlarning huquqlari buzilayotganidan xabardormiz va bunga gumanitar yöl bilan munosabat bildiramiz».









