DW xabariga köra, OpenAI vakillari bu haqda 25-sentabr, juma kuni maʼlum qilgan. Kompaniya sizib çiqqan fayllar haqiqiy odamlarning fotosuratlarimi yoki sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan tasvirlarmi - bunga aniqlik kiritmagan. Ularning qaçon va qayerda eʼlon qilingani ham oçiqlanmagan.
Reuters agentligiga köra, SI-agentlar uşbu tasvirlarga modellarni öqitiş jarayonida kiriş imkoniga ega bölgan. OpenAI öqitişning ayrim bosqiçlarida foydalanuvçilarning şaxssizlantirilgan maʼlumotlaridan foydalanadi. Kompaniya bunday maʼlumotlarni işlatişdan oldin fayllarning metamaʼlumotlari, ularni yaratgan şaxslarning ismlari va aloqa maʼlumotlarini öçiradi.
Biroq Reuters suhbatdoşlari bu jarayon foydalanuvçi şaxsini aniqlaşga yordam berişi mumkin bölgan barça maʼlumotlarni töliq olib taşlaşini şubha ostiga qöygan.
Avstraliya hukumati sayti bilan boğliq hodisa
Bundan bir neça kun avval OpenAIʼning SI-agenti iyun oyida Avstraliya hukumatiga tegişli kamida bitta saytdagi yopiq maʼlumotlarga kirgani maʼlum bölgan edi. Xabarga köra, dastur Medicare umumiy tibbiy suğurta davlat tizimi statistikasi joylaştirilgan portal himoyasini buzib kirgan.
DW buni SI-agentlar topşiriqni bajariş jarayonida davlat idorasi tizimiga kirgani bilan boğliq dunyoda maʼlum bölgan ilk holat sifatida keltirgan.
Avstraliya rasmiylari hozirça bemorlarning şaxsiy maʼlumotlari sizib çiqmagan, deb hisoblamoqda. Biroq tekşiruv davom etmoqda. Hukumat yana uçta davlat tizimi ham hodisadan taʼsirlangan bölişi mumkinligini istisno qilmagan.
Boşqa kiberxavfsizlik hodisalari
Naşr sunʼiy intellektning kutilmagan harakatlari bilan boğliq boşqa holatlarni ham eslatgan. Jumladan, iyul oyi oxirida Anthropic kompaniyasi kiberxavfsizlik sinovlari vaqtida uning SI-modellari boşqa uçta kompaniyaning himoya tizimlariga kirganini tan olgan.
Şuningdek, avvalroq OpenAI agentlari bilan boğliq yana bir hodisa haqida xabar berilgan. Sinov paytida GPT-5.6 Sol til modeli va hali çiqarilmagan boşqa bir model asosidagi agentlar avval nomaʼlum bölgan zaiflikni topib, ajratilgan sinov muhiti çegarasidan taşqariga çiqqan. Şundan söng ular Hugging Face kompaniyasining işlab turgan infratuzilmasining bir qismiga kiriş imkoniga ega bölgan.









