Qayd etilişiça, quvvati 125 MVA bölgan AT-1 transformatori Qoraqalpoğiston Respublikasining uçta tumani – Beruniy, Törtköl va Ellikqal'a tumanlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlaşda muhim omil bölib hisoblanadi.

2021 yilga qadar 220 kVli “Beruniy” podstansiyasida 90 foizdan yuqori yuklama bilan işlayotgan 1 ta 125 MVAli AT-1 transformatori bor edi. Uning yoniga quvvati 125 MVA bölgan AT-2 — ikkinçi transformator örnatilib, AT-1 transformatorining yuklamasi me'yorga keltirildi. Bu esa elektr ta'minoti böyiça rejalaştirilgan körsatkiçlarni bajariş imkonini berdi.

Yuqorida amalga oşirilgan dasturlarning samaradorligi natijasida Beruniy, Törtköl, Ellikqal'a tumanlarida kuz-qiş mavsumlaridagi elektr ta'minotida röy berişi mumkin bölgan çeklovlarning oldi olindi. Mavjud işlab çiqariş korxonalari quvvatlarini kengaytirilişi natijasida elektr ta'minoti mustahkamligi oşirilişiga erişildi.

Oldinroq Qoraqalpoğiston sahrosidagi 678,2 mln dollarlik IES qanday işlaşi haqida ma'lumot bergandik.