Ösimlik va hayvonlarning ayrim turlariga zarur şaroit yaratiş yöli bilan ularni saqlab qoliş va köpaytirişga möljallangan, muhofaza etiladigan hududlar tabiiy pitomniklar hisoblanadi. “Manzil” loyihasi Özbekistonda yagona bölgan Buxoro ixtisoslaştirilgan “Jayron” davlat tabiiy pitomnigiga sayohat qildi.
Pitomnik 1976 yilda taşkil etilgan. Maydoni 5145 gektar. 1977 yildan pitomnikka 42 boş jayron keltirilib, ularni köpaytiriş işlari boşlangan. 1987 yilda ularning soni 1200 taga yetgan va reja asosida qöşni va boşqa hududlarga tarqatilgan.
Bu yerda jayronlar bilan birga yörğa tuvaloq, qulon, Prejyevalskiy oti, Buxoro buğusi (xongul) kabi xalqaro va Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan turlarni ham köpaytiriş va örganiş işlari olib boriladi.
Kuzda birqozon, oqquşlar, qizilğozlar va köplab yirtqiç quşlarini uçratiş mumkin.
Markaz atrofi yirtqiçlarning içkariga ötişiga tösiq bölişi uçun 36 kmli maydon balandligi 2 m bölgan simtör bilan öralgan.
Prejyevalskiy oti aslida Özbekiston faunasi uçun xos bölmagan tur hisoblanadi. Böyi past, kallasi katta, böyni kalta va yöğon. Bu jonivorlardan butun dunyoda 2000 dona qolgan. Bu tur Buxoroga 1987 yilda Sankt-Peterburg şahridan olib kelingan bölib, avvaliga tutqunlikda köpaytirilgan, söngra, qöriqxona hududiga qöyib yuborilgan.
Ana şu hayvonlarga emin-erkin yaşaş va köpayiş uçun yaratib berilgan tabiiy muhit bilan “Manzil”ning yangi sonida tanişing.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uçun maxsus
Uşbu körsatuv Özbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi












