Kriştianu Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaşi bilan boğliq mavzuda yangidan yangi gaplar çiqib kelmoqda. Portugaliya naşrlari qayd etişiça, milliy jamoa boş murabbiyi Jorje Jezuş 41 yoşli forvard tarkibga qaytişi uçun undan omma oldida uzr söraşga tayyor. Bu vaqtda esa özboşimçalik bilan jamoa qarorgohini tark etgani uçun futbolçiga diskvalifikatsiya tahdidi yuzaga kelgan.
Murabbiy Kriştianuning ortidan aeroportga otlangan
Ronaldu va Jezuş örtasidagi mojaro çöqqisi 30-sentabr kuniga töğri keldi. Murabbiyning Daniyaga qarşi öyindan oldingi matbuot anjumanida aytgan sözlaridan keyin futbolçi narsalarini yiğiştirgan va milliy jamoa qarorgohidan ketib qolgan. Uni olib ketiş uçun aeroportga xususiy jet çaqirilgan.
Marca naşri yozişiça, Jorje va Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) rahbari Pedru Proensa Ronalduni fikridan qaytariş uçun uning ortidan aeroportga yöl olişgan. Lekin bu harakat yordam bermagan: futbolçi ularni eşitişni ham istamagan va uçib ketgan.
FPF reglamentiga köra, Kriştianu bir oydan olti oygaça muddatga diskvalifikatsiya qilinişi, şuningdek, unga jarima qöllanişi kerak.
«Terma jamoaga çaqirilganidan söng özboşimçalik bilan jamoa joylaşgan hududni tark etgan yoki milliy jamoalar iştirokidagi maşğulotlarga, öyinlarga yoki boşqa tadbirlarga uzrli sabablarsiz kelmagan futbolçiga bir oydan olti oygaça diskvalifikatsiya qöllanadi», – deyilgan federatsiya reglamentida.
Jurnalist Pedro Sepulveda Portugaliyadagilar afsonaviy futbolçi bilan munosabatlarni saqlab qoliş uçun yana bir urinib körişga tayyorligi haqida xabar berdi. Uning aytişiça, Jezuş Millatlar ligasi guruh bosqiçi doirasida Daniyaga qarşi keçadigan öyindan keyinoq Kriştianudan uzr sörab, uni milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaş qarorini özgartirişga undamoqçi.
Bu vaqtda O Jogo naşri Ronaldu qarori «qayta körib çiqmasligi» haqida yozgan. Forvard «özini xiyonatga uçragandek» his qilmoqda.

Nimalar böldi?
Murabbiy va futbolçi örtasidagi muammo Millatlar ligasi guruh bosqiçi 2-turida Norvegiyaga qarşi keçgan öyinda (2:1) boşlangandi. Jezuş öşa öyinda Ronalduni boşlanğiç tarkibga kiritmagandi, şu bilan birga, unga ikkinçi bölimda maydonga tuşirişni vaʼda qilgandi. Ammo amalda murabbiy uni öyin oxirigaça zaxira örindiğida qoldirdi va Kriştianu buni kelişuvni buziş deb hisobladi.












