A ligasi, 4-guruh

Portugaliya Ronaldusiz ğalaba qozondi

Norvegiya – Portugaliya 1:2
Gollar: Joau Feliks, 17 (0:1). Holand, 51 (1:1). Ramuş, 54 (1:2)
Norvegiya: Nyuland, Ayer, Heggem, Ryuerson (Estigor, 66), Eursnes, Berge, Berg (Bobb, 72), Edegor, Nusa (Strann Larsen, 81), Şelderup, Holand
Portugaliya: Koşta, Ruben Diaş, Veyga, Nunu Mendeş, Joau Kanselu, Palinya (Ruben Neveş, 80), Pedru Netu (Bernardu Silva, 87), Konseysau (Leau, 56), Joau Neveş (Vitinya, 55), Ramuş (Trinkau, 81), Joau Feliks
Ogohlantirişlar: Ryuerson, 16. Eursnes, 47. Ayer, 65 – Palinya, 49. Veyga, 67. Joau Kanselu, 76. Vitinya, 76. Ruben Diaş, 88. Bernardu Silva, 90

Portugaliya Norvegiyani safarda mağlubiyatga uçratdi. Bu öyinda barça Ronaldu va Holand qarama-qarşiligini körmoqçi edi, ammo portugallarning yangi boş murabbiyi Jorji Jezuş Kriştianu Ronalduni zaxirada qoldirdi. Uning örniga asosiy tarkibda tuşgan Gonsalu Ramuş esa ğalaba golini urdi.

Portugallar 17-daqiqadayoq hisobni oçişdi: Joau Feliks jarima maydoni taşqarisida töpni Pedru Netudan qabul qildi va taxminan 16 metr masofadan turib, qaytarib bölmas zarba yölladi. Keyin esa Holand öta qulay pozitsiyada turganiga qaramay, Edegorning ajoyib pasini yöqqa çiqardi.

Bir neça xatolardan keyin Erling baribir öz maqsadiga erişdi va 51-daqiqada jarima zarbasidan keyin hisobni tenglaştirdi. Holand qatorasiga yettinçi öyinda gol urmoqda. «Siti» forvardi joriy mavsumda klub va milliy jamoa safidagi 9 öyinda urgan gollari sonini 10 taga yetkazib qöydi.

Ammo portugallar baribir ğalabani ilib ketişdi – hisob tenglaşganidan köp ötmay mezbonlar darvozaboni Eryan Nyuland qöpol xatoga yöl qöydi. U töpni Ramuşga topşirib qöydi, Ronalduning raqobatçisi esa texnik ijro bilan töpni darvozabon ustidan oşirib taşladi.

photo_2026-09-28_11-41-30

Ramuş şu kuni dublga erişişi mumkin edi, ammo uning ikkinçi goli ofsayd tufayli bekor qilindi.

Öyin oxirida esa mezbonlar uçun yana bir yoqimsiz holat kuzatildi. Jamoa sardori, «Arsenal» futbolçisi Martin Edegor himoyadan töp bilan çiqayotganida «Siti» sobiq futbolçisi Bernardu Silva uning oyoqğiga qasddan zarba berdi, jabrlanuvçi öyinni oqsoqlangança davom ettirdi, ammo boşqa yugura olmadi.