Toşkent şahridagi LOTTE City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasida Uzbekistan Pass onlayn servisining oçiliş marosimi bölib ötdi. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi vakillari şu haqida xabar berişdi.

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi

Uzbekistan Pass - sayyohlar va umuman Özbekiston böylab sayohat qilişni istaganlar uçun keng xizmatlar spektrini taqdim etuvçi servis. Mazkur servisning yölga qöyilişi turistik xizmatlarni yangi bosqiçga olib çiqadi va mamlakatda Smart-turizm rivoji uçun jiddiy platforma böladi. Mavjud servislar va ilovalarning keng kölamli integratsiyasi sabab Uzbekistan Pass mamlakatning har qanday nuqtasidagi sayyoh uçun qulay qöllanma va operativ yordamçi bölişi mumkin.

Tadbir davomida şuningdek Uzbekistan Pass va UMS mobil xizmati bilan uzviy boğliq mahsulotlar va servislar taqdim qilindi. Xususan, UMS Özbekiston operatorlari orasida birinçi bölib turistik sim-kartalar va ikki maxsus tarif-rejasini joriy qildi – Uzbekistan Pass 2000 i Uzbekistan Pass 5000. Ular Özbekistonga taşrif buyurgan sayyohlarga mobil aloqa va Internetdan foydalaniş imkonini beradi. UMS şuningdek Uzbekistan Pass navigatoriga mobil Internet trafigi uçun xarajat qilmay, imtiyozli kiriş imkonini taqdim etadi. Sayyohlar uçun ikki xil - 5 va 10 dollarlik tariflar taklif etiladi.

Uzbekistan Pass öz sayti va mobil ilovasiga ega, uni market yoki v App store'dan yuklab oliş mumkin. Kompaniya Özbekistonga keluvçilar uçun çöntak formatidagi köp tilli qöllanmalarni tayyorlagan, tizimga ulangan foydalanuvçilar ularni mutlaqo bepul qölga kiritişlari mumkin. Unda Özbekistonning har bir viloyati, diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy qadamjolari, oşxonasi, bayramlari va sayyohlar uçun foydali boşqa ma'lumotlar bor. Bundan taşqari, ilova orqali