Britaniyaning Donkaster şahridagi yovvoyi tabiat boğida Oltoy laqabli Amur yölbarsi volyerga kirib olgan erkakni ğajib taşladi. Hodisa 10-oktabr kuni yuz bergan edi.

Uç kundan söng, 13-oktabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida yölbarsning hujumi aks etgan kadrlarni ulaşib, postga «Tabiat bilan aslo öynaşmang!» degan izoh qoldirdi.

Keyinroq u sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan boşqa bir rolikni joylaştirdi. Unda Trampning özi maysazorda yölbars bilan dumalab öynayotgani, söng uni quçoqlab olgani aks etgan.

Marhumning qarindoşlari bunga keskin munosabat bildirdi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda «öta haqoratomuz kontent»ning tarqatilişi öziga oğir botayotganini taʼkidladi. Oila aʼzolari bunday materiallarni yoyişni töxtatişni söradi. Şuningdek, politsiya ham hujum tasvirlangan videoni tarqatmaslikka çaqirdi.

Halok bölgan britaniyalik Uilyam Çapman 23 yoşda edi. Yaqinlarining sözlariga köra, u samimiy, mehribon va oçiqköngil yigit bölgan. U köp yillardan buyon oğir ruhiy xastalikdan davolanib, kuçli taʼsir qiluvçi dori-darmonlarni qabul qilib kelgan.

The Guardian naşrining yozişiça, fojia yuz bergan boğ tomoşabinlar uçun yopiqligiça qolmoqda. Maʼmuriyat odamga hujum qilgan yölbars öldirilmasligini maʼlum qildi.