VGTRK muxbiri Valentin Bogdanov Nyu Yorkda bölib ötayotgan BMT Boş assambleyasi doirasida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan qaçon Moskvaga taşrif buyurişi haqida söradi. Kremldagilar Rossiya va Ukraina prezidentlari örtasidagi uçraşuvni faqat Moskvada ötkaziş mumkinligini aytib kelişadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga köra, rossiyalik propagandaçi Zelenskiy köçada boşqa jurnalistlar bilan ingliz tilida gaplaşib ketayotganida ortdan yetib borgan. Bogdanov unga rus tilida bir neça marta şu jumlalarni aytib baqirgan: «Vladimir Aleksandroviç, Moskvaga qaçon?»
Ukraina prezidenti avvaliga uning savolini eʼtiborsiz qoldirgan, ammo yakunda qisqaça qilib şunday degan: «Raketada», katta ehtimol bilan, qöşimçasiga sökinib ham qöygan (videoda oxirgi sözni tuşunib bölmaydi).
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov brifingda Ukraina rahbarining bayonotiga quyidagiça izoh berdi: «Birinçidan, Zelenskiy Moskvaga kelişdan boş tortmagan, har holda bunday sözni eşitmadim. U hozir Nyu Yorkda BMT Boş assambleyasi doirasida köplab bayonotlar bermoqda. Öt oçişni töxtatiş masalasiga kelsak, yana bir bor takrorlaymiz – biz vaziyatni tinç yöl bilan hal qiliş jarayoni uçun oçiqmiz, ammo vaqtinçalik sulhga emas, aynan tinçlikka intiliş kerak deb hisoblaymiz. Bizning bu pozitsiyamizda heç qanday özgariş yöq».










