Taniqli şoir, şuningdek, muxlislarga futbol şarhlovçiligi bilan taniş ijodkor Xayrulla Hamidov özining ikkinçi kitobini bosmadan çiqardi.
"Izsiz yöllar" deb nomlangan yangi kitobdan şoirning yangi şe'rlari örin olgan. Kitob qattiq muqovada 400 betga yaqin hajmda, "Navröz" naşriyoti tomonidan çop etilgan. Kitobda şoirning 300 dan ziyodroq yangi şe'ri berilgan.
Yangi kitobni nazm şaydolari poytaxtimiz va viloyat markazlaridagi kitob dökonlaridan xarid qilişlari mumkin — duşanba kundan keng savdoga çiqarildi.
Eslatib ötamiz, ötgan yili şoir Xayrulla Hamidovning "Suyançiq" deb nomlangan birinçi şe'riy kitobi bosmadan çiqqan edi.













