Özbekiston suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev Kun.uz’ga bergan intervyusida Qöştepa kanali böyiça Afğoniston tomoni bilan olib borilayotgan muzokaralar haqida ham gapirdi.

— Qöştepa kanali — biz uçun kutilayotgan eng katta xavflardan biri. Bu masala prezident Mirziyoyev tomonidan BMT minbarida ham gapirildi, xavotirlar aytildi, kelişuv kerak, deyildi. Mana şu kelişuv jarayoni bugun qay bosqiç yoki nuqtada?

— Ha, dunyodagi eng katta minbar bölmiş BMTda prezidentimiz atrofimizda yana bir katta suv iste’molçisi paydo böldi, biz bu tomon bilan muloqot qilişimiz, suv taqsimoti jarayonida u ham qatnaşişi kerak, dedi va boşqa masalalarni ham alohida ta’kidlab, xalqaro hamjamiyat e’tiborini qaratdi.

Qöşnilarimiz Panj daryosidan suv oladi. Bu daryo Afğoniston va Tojikiston çegarasi. Daryo irmoqlari quyilib şakllanadi va uning taxminan 35 foizi Afğoniston hududidan olinadi, şuning uçun ham Afğoniston suvga da’vogar bölyapti. Hozirda şu böyiça muloqotlar bölyapti. Ötgan oyda vazir birinçi örinbosari Azimjon Nazarov, Suv xöjaligi vazirligi axborot-tahlil resurs markazi boşliği Zokir Eşpölatov Afğonistondagi elçimiz bilan birgalikda Afğoniston tomoni bilan muloqotda böldi. Ammo muloqotda Afğoniston tomonidan energetika va suv xöjaligi vaziri qatnaşmagan. Ular ba’zi ma’lumotlarni olsa, keyin uçraşişga tayyor ekanini bildirişgan. Prezidentimiz tomonidan bu masalaga e’tibor berilgaç, Afğoniston tomoni yana aloqaga çiqdi va biz suv masalalari böyiça heç qanday xalqaro majburiyat olmaganmiz, konvensiyalarni ratifikatsiya qilmaganmiz, dedi. Lekin baribir xalqaro talablar böladi, tarixan foydalanib kelganmiz biz. Tojikiston ham bor bu masalada, faqat Özbekiston emas. Surxondaryo hududidan ötgandan söng Amudaryo suvi Özbekiston va Turkmaniston örtasida taqsimlanadi. Sanitar ehtiyojlar uçun Orolböyiga ham suv beriladi.

Hozirda Qöştepa kanalining 100 kmdan köproq qismi qazib bölindi, qurib bölingani yöq. Masalan, kanal va daryolarda taxminan har 10 kmda köprik bölişi kerak, suv oluvçi inşootlar ham quriladi. Köpriklari 100 mln, suv oluvçi inşootlarga esa 200 mln dollar atrofida mablağ kerak böladi. Ba’zi joylarga suv nasos orqali çiqariladi. Hisob-kitoblarimizga köra, taxminan 600 mln dollar mablağ kerak. Afğonistonning özining qurbi yetmaydi bu mablağga. Qurilayotgan joylarga har davlatlardan kompaniyalar borgan, masalan, Xitoydan. Xitoyliklar neftni qayta işlovçi korxona oçgan, ularga ham suv kerak. Qaysidir davlat geologik işlar olib boryapti minerallar özlaştiriş böyiça, ularga ham suv kerak.