21:48 / 08.08.2019
16079

Hokimlarga berilgan muddat, Atamboyevning qo‘lga olinishi, AQShdagi yangi otishma va kunning boshqa xabarlari

Yakunlanib borayotgan 8 avgust, payshanba kuni O‘zbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng muhimlari va eng saralari bilan KUN.UZ dayjestida tanishtiramiz.

 

O‘ZBeKISTON XABARLARI

·       Xatoga yo‘l qo‘ygan hokimlar faoliyatiga yil yakunida baho beriladi — Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi axboroti

·       «Tolibon» delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi.

·       «Tolibon» vakillari bilan uchrashuv haqida rasmiy ma'lumot berildi

·       Elmira Bositxonova Qoraqalpog‘istonda piketga chiqqan ayollar bilan uchrashdi

·       Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tizimdagi rahbar ayollarning bashang kiyinishini tanqid qilib, ularga muhlat berdi

·       Elmira Bositxonova: «Ijtimoiy tarmoqlar kuchini oxirgi bir yarim oyda ko‘rdim»

·       Qishloq xo‘jaligi texnikalari bo‘yicha prezident qarori qabul qilinadi

·       Jomboy va Samarqand tumanlariga yangi prokuror tayinlandi

 

Jamiyat

·       Komil Allamjonov matbaachilar prezident siyosati tufayli uyli bo‘lganini ma'lum qildi

·       Toshkent shahrida bolalarni maktablarning 1-sinfiga qabul qilishda pul undirilmaydigan bo‘ldi

·       11 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan test sinovlari boshqa muddatga ko‘chirildi

·       Surxondaryo viloyati hokimligi majburiy mehnat holatiga yo‘l qo‘yilganini rad etib chiqdi

·       Markaziy bank 25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalar hamda banknotlarni muomaladan qaytarib oladi

·       "Inson o‘z baxti uchun masofadan qo‘rqmasligi lozim”. Xitoylik qiz Sirdaryoga kelin bo‘ldi

·       Toshkentda YPX xodimi xizmat qurolidan o‘q uzdi

 

JAHON XABARLARI

 

Qirg‘izistondagi voqealar

·       Atamboyev Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligining bosh tergov boshqarmasiga yetkazildi

·       Atamboyev huquq-tartibot organlariga taslim bo‘ldi

·       Video: Almazbek Atamboyev Qo‘y-Tosh qishlog‘idan qanday olib chiqib ketildi?

·       Almazbek Atamboyevni qo‘lga olish bo‘yicha ikkinchi amaliyot

·       Atamboyevga qarashli telekanal efiri to‘xtatib qo‘yildi

·       Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbari iste'foga chiqishini e'lon qildi

·       Almazbek Atamboyev bayonot bilan chiqdi

·       Atamboyev Bishkekda muddatsiz miting boshlanganini e'lon qildi. Prezident, hukumat va parlament iste'fosi talab qilinadi

·       Jeenbekov xavfsizlik kengashida: Atamboyev qurolli qarshilik ko‘rsatib, konstitutsiya va qonunlarni qo‘pol ravishda buzdi

·       Qon, olov va o‘qlar. Qo‘y-Tosh voqealarida ilk qurbon, yana 36 kishi shifoxonada

 

Boshqa xabarlar

·       Erdo‘g‘an Turkiya Qrimning Rossiya bilan birlashishini tan olmasligini aytdi

·       AQShda yana ommaviy qotillik sodir etildi

·       Zelenskiy Putindan Donetsk xalq respublikasi rahbariyatiga ta'sir ko‘rsatishni so‘radi

·       Tojikiston prezidenti o‘ziga nisbatan necha marta suiqasd qilinganini aytdi

·       Hindiston hukumati Kashmirda 500dan ortiq kishini hibsga oldi

·       Haj-2019: xavfsizlik uchun jalb etilgan 400 mingga yaqin harbiy, rekord darajaga yetishi kutilayotgan hojilar soni

 

SPORT XABARLARI

·       Eldor Shomurodov – TsSKA nishonida. Ammo uning agenti bu taklif ko‘rib chiqilmasligini aytdi

·       UYeFA Chempionlar Ligasining eng yaxshi futbolchilarini e'lon qildi – Muhammad Saloh ro‘yxatda yo‘q

·       O‘rtoqlik o‘yini. "Real" Azarning debyut goli evaziga g‘alaba qozondi

·       «Manchester Siti» yangi transferini e'lon qildi

·       «Barselona» o‘rtoqlik o‘yinida «Napoli»dan ustun keldi

Top