Hindiston hukumati Jammu va Kaşmir ştatida 500dan ortiq kişini, jumladan mahalliy partiyalar vakillarini hibsga oldi. Bu haqda All India Radio xabar berdi.
"Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari Kaşmirda 500dan ortiq kişini hibsga oldi, ular orasida siyosiy yetakçilar va faollar bor. Aksariyat aholi xavfsizlik çoralari kuçaytirilganligi bois uylarida qolmoqda", deyiladi xabarda.
7 avgust kuni Pokiston hukumati Hindiston elçisini mamlakatdan çiqarib yuborişga qaror qildi. Islomobod şu tarzda Hindiston bilan diplomatik munosabatlar darajasini pasaytirmoqçi va ikki tomonlama savdoni töxtatmoqçi.
Bunga 5 avgustda Hindiston Jammu va Kaşmir ştatining alohida maqomini bekor qilişini e'lon qilgani sabab bölgan. Hozirda uşbu ştatga ma'lum darajada muxtoriyat va öz qonunlarini qabul qiliş huquqi berilgan. Şuningdek, ştat hududi ikki qismga ajratiladi. Bu ştatda endilikda Hindiston uçun umumiy konstitutsiya amal qilişi, investitsiyalarga va boşqa ştatlardan odamlar kelişiga çeklovlar bekor qilinişi kutilmoqda.
Jammu va Kaşmir hududi deyarli Hindiston va Pokiston örtasida bölib olingan, vaholanki har bir tomon hudud ustidan töliq nazoratga da'vogarlik qiladi. Uşbu ştatda ikki tomon örtasidagi muntazam töqnaşuvlar sababli u yerdan ötuvçi şartli çegarada Hindiston va Pokistonning katta sondagi qöşinlari töplangan.












