Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev 8 avgustga ötar keçasi «Aprel» telekanali efirida çiqiş qilib, bayonot berdi.

«Sizlarga alam bilan murojaat qilaman. Bugun hukumat kuçlari noqonuniy ravişda, Konstitutsiyani buzgan holda, meni qölga oliş uçun, Atamboyevning oğzini yopiş uçun, qurol bilan keldi va öz xalqini öqqa tutdi. Avvaliga rezinali öqlar bilan, oxirida – haqiqiy öqlar bilan. Bu şarmandali va alamli. Atamboyev — terrorçi emas. Uning atrofida yiğilgan insonlar – terrorçilar emas. Soat 19:30da odamlar odatdagidek kelib men bilan selfi tuşişayotgandi. Begunoh odamlar jabrlandi», - degan u.

«Albatta, oxir-oqibat ular maxsus topşiriqli guruh vakillarini surib taşlaşdi, ularning ayrimlari nasibasini olişdi. Bilasiz, bu xalqning ğazabi qanday», - deya davom etgan u.

«Men bir neça marta aytganman, Batukayev işi böyiça xat körinişida javob berişga tayyorman. Rasman javob berişni, buni gazetalarda e'lon qilişni taklif qilganman. Hukumat esa Atamboyevning oğzini berkitiş uçun öz xalqini öqqa tutişdan qaytmadi. Bu şarmandalik. Hukumatga yana bir bor aytaman: Töxtating!», - degan Atamboyev.

«Kuçişlatar tuzilmalarga yana bir bor aytaman: öz xalqingizni otmang. Buyruq berganlar qoçmoqda, siz esa qolayapsiz. Axir siz bir oilaga emas, xalqqa qasamyod qilgansiz», - degan u va öz tarafdorlariga qöllab-quvvatlov uçun minnatdorçilik bildirgan.

7 avgust kuni Qirğiziston maxsus topşiriqli bölinmalari harbiylari sobiq prezident Almazbek Atamboyevning Çuy viloyatidagi Köy-Toş qişloğida joylaşgan qarorgohiga bostirib kirdi. Ular sobiq prezidentni qölga olişga harakat qilişdi. Bu vaqtda qarorgohda Atamboyevning yuzga yaqin tarafdorlari va jurnalistlar töplangandi.

Harbiylar uyni qamal qilişdi va öt oçişdi, natijada 10dan ortiq kişi jarohatlandi, şu jumladan voqealarni yoritişga kelgan jurnalistlar ham. Atamboyevning tarafdorlari uy egallanib olinişiga tösqinlik qilişdi va barrikadalar örnata boşlaşdi. Davlat milliy xavfsizlik qömitasi Atamboyevni qölga oliş uçun operatsiya taşkillaştirilganini tan oldi, ammo harbiylar jangovar qurol qöllamagani va faqat rezina öqlar otilganini ma'lum qilişdi.

Bu orada OAVda Atamboyev qölga olinib, vertolyot orqali noma'lum tomonga olib ketilgani töğrisida xabarlar tarqaldi. Keyinroq bu ma'lumot rad etildi. Sobiq prezidentning qizi Aliya Şagiyeva otasi Qöy-Toşdaligi va uni heç kim qölga olmaganini ma'lum qildi. U bu xabarlarni «qip-qizil yolğon» deb atab, sobiq prezident xavfsizlikda ekanini aytdi.

Keyinroq Atamboyevning tarafdorlari soni ortdi va ular qarorgoh hududini örab olişdi, harbiylar bilan örtada otişma çiqdi. Qarorgoh hududida yonğin boşlandi. Mahalliy vaqt bilan soat 22:30da Atamboyevning tarafdorlari qarorgohga bostirib kirişdi, harbiylarning bir qismi çekindi, bir qismi Atamboyevning tarafdorlari tomonidan qölga olindi va qurollari tortib olindi.