Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 21 apreldagi "Toshkent shahridagi ba'zi geografik obektlar nomlarini tartibga keltirish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston poytaxtidagi bir qator geografik obektlarning nomlari o‘zgardi. Bu haqdagi hujjat (PDF) shahar hokimligi saytiga joylashtirilgan.

Hujjatga ko‘ra, Toshkent shahridagi 104 mahalla qayta nomlandi. Shuningdek, Olmazor tumanidagi «Oymomo» madaniyat va istirohat bog‘i nomi «Nurafshon» ga o‘zgartirildi.

Ko‘pchilik mahallalarning qayta atalishiga ular nomining boshqa joylarda takrorlangani sabab qilib ko‘rsatilgan (masalan, shu vaqtgacha to‘rttadan «Navro‘z» va «Guliston», uchtadan Alisher Navoiy va «Mustaqillik», beshta «Do‘stlik» va boshqalar nomi takrorlangandi).

Ushbu qaror rasmiy e'lon qilingan kundan, ya'ni 28 apreldan boshlab kuchga kirdi.

Toshkentdagi nom berilgan va nomlari o‘zgargan mahallalar ro‘yxati:


Bektemir tumani bo‘yicha:

1. Istiqbol (takror) — Iqbol

Mirzo-Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

2. Ahmad Yassaviy (takror) — Buyuk ipak yuli

3. Bobur (takror) — Gulsanam

4. Gulzor (takror) — Sultoniya

5. Guliston (takror) — Podshobog‘

6. Navro‘z (takror) — Minglola

7. Salor (takror) — Asaka

8. Umid (takror) — Bog‘imaydon

9. Yangihayot (takror) — Chimyon

10. Yalang‘ochota (takror) — Kamolot

11. Bo‘z-2 — Bo‘z

12. Oltintepa-10- Oltintepa

Mirobod tumani bo‘yicha:

13. Do‘stlik (takror) — Zaminobod

14. Istiqlol (takror) — Istiqlolobod

15. Matonat (takror) — Bayot