Köpçligimiz TAS-IX tarmoği haqida eşitganmiz. Uning içida Internet bepul ekanligidan quvonganmiz. Ammo TAS-IX özi nima, degan savolga hamma ham aniq javob bera olmaydi. ZiyoNet tarmoği resurs markazi xodimi Yevgeniy Semyonoviç uşbu mavzuda öz fikrlarini bildirib ötdi.
«TAS-IX» atamasidagi «TAS» qisqartmasi «Toşkent» ni anglatadi. Ya'ni Internet trafigi almaşinuv nuqtasi yaratilişi haqida kelişuv qabul qilingan joy Toşkent şahri. «IX» esa, ingliz tilidagi «Internet eXchange Point» «Internet almaşinuv nuqtasi» iborasidan olingan. Umumiy izohlaganda, Toşkentdagi Internet orqali ma'lumotlar almaşinuv nuqtasi deb ta'riflasak böladi”, degan mutaxassis.
Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, 2004 yil 24 oktabrda Özbekistonda TAS_IX taşkil topgan.
Ye.Semyonoviçning ta'kidlaşiça, “TAS-IX’ning dastlabki iştirokçilari mamlakatimizdagi beşta provayder bölgan. Hozirda esa, ularning soni 30 nafarga yaqinlaşib qoldi. Şuni ham aytiş kerakki, ötgan sakkiz yil içida Uznet ma'lumotlar bilan boyidi. Har qanday qiziqiş, har qanday maqsadlardagi foydalanuvçi uçun manfaatli saytlar yaratildi. Natijada, 2004 yilda provayderlar faoliyatida taşqi trafik 95 foizni taşkil qilgan bölsa, hozirda köpgina foydalanuvçilar haftalab özimizning saytlar böylab «sayohat» qiladilar, taşqi Internetga çiqmaydilar. Çunki özimizda ham köplab yangi resurslar, ayniqsa yoşlar uçun köngiloçar saytlar paydo böldi. «Oğir» kontentlar filmlar, musiqa köpaydi, ularni katta tezlikda yuklab oliş mumkin böldi. Köplab qiziqarli tematik, şaxsiy, korporativ saytlar, bloglar, ijtimoiy tarmoqlar yuzaga keldi”.












