Azaldan el orasida “Özbek xalqi-bunyodkor xalq”, degan gap yuradi. Bu bejiz emas. Sababi, sohibqiron Amir Temurning birgina sözlari bor: “Agar bizning şon-şuhratimizga şubhalansangiz, biz qurgan imoratlarga boqing”.
Haqiqatan ham özbek xalqi bunyodkor, yaratuvçi xalq. Bugun biz mana şu fazilat bilan dunyo hamjamiyati oldida bemalol faxrlansak arziydi. Sababi, bugun Özbekistonda qurilayotgan imoratlar, qad kötarayotgan binolar köpçilikni hayratga solmoqda. Aynan mana şu jarayonda özining munosib hissasini qöşib kelayotgan kompaniyalardan biri bölmiş “Murad Buildings” bugun özining keng kölamdagi işlari bilan köpiçlikning havasini keltirmoqda. Bugungi mehmonimiz mana şu kompaniya rahbari Murod Nazarov.
- Ayni paytda juda köp loyihalar ustida iş olib borayotganingizga qaramay, bizga vaqt ajratib tahririyatimizga taşrif buyurganingizdan juda ham xursandmiz.
- Sizga ham taklif uçun katta rahmat aytaman. Haqiqatan işlar juda köp böladi. Lekin tajribamiz, maslahatlarimizni yoşlarga ulaşiş - bizning burçimiz.
- Juda köpçilik uçun qiziq bölgan “Murad Buildings” kompaniyasining yaratiliş tarixi haqida gapirib bersangiz...
- Rahmat. Aslida juda maqtab yubordingiz. “Murad Buildings” kompaniyasining taşkil etilganiga salkam ikki yil böldi. Lekin buning orqasida yigirma yillik tajriba yotibdi. Aslida, yoşlikda havaskor sifatida quriliş işlariga qiziqib, bu bilan bevosita şuğullanib, uyda buvamga yordam berib, sakkiz yoşimda qöllarimni kesib qonatib, şu bilan zavqlanib yurganman. Birinçi uyimni 14 yoşda qurişimga töğri kelgan. Otam bilan birga bir uy qurilişini boşlagan edik.
Otamning vafotidan keyin şu uy qurilişini yakunlab qöyişga ahd qildim. Çunki, mehr bilan boşlangan işni oxirigaça tugatmasa yaxşi bölmaydi, deyişadi. Şunday qilib, 14 yoşimda birinçi uyimni qurganman. Özimga qiziq bölgani uçun ustalarga yordam beriş, çarçagan paytlarda ularni qiziq voqealarni sözlab bergan holda ruhlantirib, uyning tomlarini yopiş, ğiştlarini quyiş işlarini ham özim bajarganman.
Uy tayyor bölgaç, u yerga yaşaş uçun köçib ötdik. Öşa uyga köçib ötganimizdan keyin men Yaponiyaga grand asosida öqişga kirdim. Ukam prezident tomonidan ta'sis etilgan Umid fondi orqali Angliyaga öqişga ketgaç, onam “Endi qanday yaşayman. Köçib kelişga keldik, endi nima böladi”, deya yolğiz qolişdan qörqib turgan paytlarida elçixonadan çiroyli bir taklif tuşgan. Söng şu taklif asosida uyni sotib yuborganmiz. Qaytib kelganimizdan söng esa Yaponiyada zör-zör qurilgan uylarni körmaganmanmi, bu uylar özimga yoqmay qoldi. Undanam zörini qurgim kelib qoldi. Aslida, bu odatning quruvçilarda borligi tabiiy hol. Quruvçiga iş jarayonida yangi ğoyalar kelib qoladida, "Böldi, buni qurmayman" deydi. Yoki uyni qurib bölganidan söng yangi, yanada yaxşiroq ğoyalar kelib qolişi mumkin.










