4 oktabr ertalab Malayziya şarqidagi Tavau şahridagi maktablardan birining tomiga bortida 14 harbiy bölgan Sikorsky S-61 vertolyoti qulab tuşdi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Vertolyot bortida bölganlardan faqatgina uçuvçi arzimas jarohatlar olgan. Bu orada maktabdagi 7 öquvçi va yana bir erkak jarohatlar bilan zarur yordam oliş uçun şifoxonaga jönatilganlar, deb ma'lum qildi Tavau politsiyasi boşliği yordamçisi Fadil Markus.

Ta'kidlanişiça, vertolyot Saboh ştati böylab uçayotganda uçuvçi boşqaruvni yöqotgan.