Google’dagi özbek muhandisi Nodir Töraqulov haqida
|17:23 / 15.06.201767 15814 min
Nodir Töraqulov – GoogleInc.dagi pasportining “millati” deyilgan satrida “özbek” deb yozilgan dastlabki xodimlardan biri. U tösqinliklar, çeklovlar, töğanoq böluvçi omillar kabi tuşunçalarning havoyi gaplar ekanligini isbotladi. Qançalik siyqasi çiqqan bölmasin, haqiqat şu: iloji yöq işning özi yöq. Faqat maqsadni töğri qöyiş, intiliş va olğa qadam bosiş kerak, deb yozadi Kommersant.uz.
– 1987 yilda Toşkentda, olimlar oilasida tuğilganman. Ota-onam Yadro fizikasi institutida işlar edilar. Buvam va buvim ham ilm ahllaridan bölişgan, xususan, dadam tomonidan bobom Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti bölganlar.
Bolaligimda köçada sanğişdan köra uyda, konstruktor öyinini öynab yoki kitoblar öqib ötirişni afzal bilardim. Öşa paytlardayoq kompyuterga qiziqdim. Yangi videoöyinlar yuklagani kompyuterning quvvati yetmay qolganda Windows’ni örganişga töğri keldi.
– IT-sohaga qiziqiş qaçon paydo bölgan?
– 50-maktabning yuqori sinfida öqiyotganimda fizika-matematika yönalişini tanladim. Yettinçi sinfda Pascal tilida dasturlaş böyiça darslar boşlandi. Birinçi çorakda men dasturlaş nimaligini yaxşi tuşunmasdim va, natijada, uç baho oldim. Lekin ikkinçi çorakdagi darslarning birida közim yarq etib oçilgandek böldi, berilgan vazifani qanday yeçişni topa oldim. Vazifani uddalagaç, bu iş qiziqarli körindi va yana qöşimça vazifalar söradim, ularning barçasini yeçdim. Öşa kun hamon yodimdan çiqmaydi.
Özbekiston Milliy universiteti matematika fakultetidagi dasturlaş darslarida men allaqaçon bilgan mavzularni ötardik. Birinçi kursda edik, bir kuni men öqituvçi doskaga yozgan dasturdagi xatoni topdim. U, agar sözimni isbotlay olsam, maşğulotlardan ozod etişini aytdi. Öşa darsdan keyin informatika maşğulotlariga qatnamadim.
Oxirgi ikki yilda ayniqsa köp dars qoldirgandim. Ikkinçi kursdan men dasturlaş böyiça xalqaro olimpiada (ACM ICPC)da qatnaşa boşladim va unga tayyorgarlik köriş menga birinçi semestrlarga qatnamaslik huquqini beradi, deb öylardim.
– AQŞda iş boşlaguningizça Özbekistonda nimalar bilan şuğullangansiz?
– 2006–2008 yillarda NetDec kompaniyasida dasturçi bölib işladim. Birinçi yil biz 1Sda buxgalterlik ilovasini işlab çiqdik. Ikkinçi yili men C#da 1S loyihasini boşladim, uni UZTO deb nomlagandik. Keyinçalik NetDec uşbu platformada bir qança ilovalar yaratdi.
Mavzuga oid
2008 yilda – öşanda universitetni yakunlayotgandim – tijoriy-dasturiy komponentlar bozoridagi yetakçilardan biri bölgan ComponentOne kompaniyasining kanadalik işçisi men bilan boğlandi. Uşbu kompaniyaga kontrakt asosida dasturçi bölib ötişga qaror qildim va 2012 yilgaça masofadan turib işladim.
– Google`da işlaş ğoyasi qanday tuğildi?
– 2013 yilda men ComponentOnedagi faoliyatim sababli AQŞda istiqomat qilardim. Google xodimi LinkedIn orqali men bilan boğlandi. Menga bölgan qiziqiş sababi esa, rezyumeimda öşa, talabalik davrimdagi ACM ICPC olimpiadasida Örta Osiyo miqyosida uçinçi örin olganim yozilgani edi.
– Google işga qabul qilişdagi masofadan suhbat ötkazişi bilan maşhur. Bu haqda kino ham olinganini öquvçilarimiz bilişadi. Siz bilan suhbat qanday ötgan? Işga olişdagi vazifalar, topşiriqlar haqida sözlab bersangiz.
– Oldin Google muhandislari telefonda suhbat ötkazadilar, bu bosqiçda ofisdagi suhbatga (on-site) çaqirilmaydiganlar aniq böladi. Nomzod va intervyu oluvçi GoogleDocs`da real-time rejimida hujjat oçadilar. Google xodimi olimpiada masalalari darajasidagi vazifani beradi, nomzod esa, telefondagi suhbat davomida, kod yozadi. Xodim kodni kuzatib boradi va öşa joyning özida tekşiradi. Intervyu 45 daqiqa davom etadi, dastlabki va oxirgi 5 daqiqa tanişuvga, norasmiy suhbatga va nomzod beradigan savollarga ajratiladi. Vazifalar ketma-ket beriladi, qança vazifa berilişi masalani yeçiş tezligiga boğliq. Bu bosqiçda sodda algoritmik vazifalar beriladi. Mana şunday vazifalardan birida men dastlab “donolik” qilib, vazifa dinamik dasturlaşga oid deb hisoblagandim, lekin aslida sodda vazifa bölib çiqdi. Öşanda men binar şajarani aylanib ötiş, satrda izlaş va boğliq röyxatga oid uçta vazifani yeçgandim.
– Şu bilan iş bitmasa kerak? Işga qabul qiliş jarayoni qanday keçadi?
– Dastlab rekruter bilan aloqa örnatiladi (buning uçun rezyume jönatişingiz mumkin). U iş tajribangiz haqida söraydi, savollaringizga javob beradi. Uning özi siz bilan boğlangan bölsa, Google`ning qaysi bölimi sizga qiziqişi mumkinligini aytadi. Keyin telefondagi suhbat bosqiçi keladi, uni, yuqorida aytganimdek, kompaniya muhandisi ötkazadi.
Bir haftaça vaqt ötgaç, rekruter qönğiroq qilib, natijalar haqida xabar beradi. Javob uç xil bölişi mumkin: rad javobi, telefonda takroriy intervyu yoki bevosita ofisga taklif.
Şundan söng ofisda ötadigan ikkinçi intervyu vaqti belgilanadi. Unda siz tanlagan tilda suhbat ötkaza oladigan beşta muhandis tayinlanadi. Kompaniya siz uçun aviaçipta xarid qiladi, mehmonxonani band qiladi va maşina ajratadi.
Intervyudan bir kun oldin yetib kelasiz. Ertasiga har biri 45 daqiqadan ketma-ket uç raundda turli muhandislar bilan suhbatlaşasiz, tuşlikdan keyin yana ikki raund ötkaziladi. Har bir raund – xuddi telefonda bölganidek intervyu, faqat bu gal kodlar doskada yoziladi va vazifalar ham murakkabroq böladi.
Nomzod haqida beşta hisobot tayyor bölgaç, işga qabul qiliş böyiça qömita sizni işga oliş-olmaslik, qanday lavozim beriş, maoş, bonus va opsionlar kabi masalalar yuzasidan qaror qabul qiladi. Şundan keyin rekruter telefon orqali sizni xabardor qiladi.
– Rad javobi olinganda nima bölişi ma'lum. Omad quşi qönganlarni nimalar kutadi?
– Agar taklifni qabul qilsangiz, işni qaçon boşlaşingiz va ba'zi rasmiyatçilik masalalari muhokama etiladi. Masalan, rekruter sizni immigratsiya jamoasi bilan boğlaydi.
Immigratsiya jamoasi sizga savolnoma yuboradi, sizning nomingizdan hujjatlarni tegişli idoralarga topşiradi, jumladan, AQŞ Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) arizangizni jadal tarzda körib çiqişi uçun 1000 dollar atrofida tölovni amalga oşiradi. Arizangiz tasdiqlangaç, AQŞ elçixonasida suhbatdan ötasiz va işçi vizasini olasiz.
– Siz işga taklifni olganingizda Pittsburgda yaşardingiz, yangi iş joyingizga köçib ötişingiz qanday bölgan?
– Immigratsiya jamoasidan taşqari, rekruter sizni köçiş bilan şuğullanuvçi kompaniya bilan boğlaydi. AQŞning bir ştatidan boşqasiga köçib ötgandagi öz tajribamdan kelib çiqib aytsam, kompaniya sörovnoma yöllaydi – unda oila a'zolari soni, uyingiz ölçamlari, qança mebelni taşiş kerakligi kabilar söralgan böladi. Butun oilangiz uçun aviaçipta xarid qiladilar, mol-mulkingizni yetkazib berişni zimmalariga oladilar. Şuningdek, yangi uy topişga kömaklaşuvçi odamni yollaşlari ham mumkin. To özingizga uy topguningizga qadar esa, kompaniya siz uçun 1–3 oyga xonadonni ijaraga oladi, men ham bu imkoniyatdan foydalanganman (Kupertinoda yaşagandim). Bundan taşqari, kundalik xarajatlarni qoplaş uçun muayyan mablağ ham beriladi.
– Yangi iş joyingizdagi dastlabki kunlar qanday ötgan? Sinov muddati, degandek tuşunçalar bormi?
– Google`da birinçi iş kuni doim duşanba böladi. Barça yangi kelganlar beyjik olib, katta zalga yiğiladilar. U yerda işga kirganliklari bilan tabriklaşadi, leptoplar va boşqa korporativ jihozlar tarqatişadi, asosiy texnik va boşqa tuşunçalarni berişadi. Darvoqe, birinçi iş kunida öyin-kulgiga ham vaqt topiladi: bizni bir neça guruhga böldilar, kampus böylab yugurib, kvest öynadik, keyin Legödan kim balandroq minora qurişga musobaqalaşdik. Kun oxirida, xuddi maktabdagi birinçi qönğiroqdagi kabi, har birimizni menejyerlar ofislarga olib bordilar, yangi jamoa bilan tanitib, iş örnimizni körsatdilar.
Keyin ikki hafta davomida Google`ning içki texnologiyalarini – Piper talqinlarini saqlaş tizimi, Borg klasterlarni boşqariş tizimi, MapReduce kabilarni örgandik.
Birinçi payşanbada, 16:30da yangi kelganlar kattagina Çarlie’s kafesida töplanadilar – u yerdagi tadbirda Larri Peydj va Sergey Brin qatnaşadi hamda hafta davomida qanday yangiliklar röy berganligini sözlab beradilar, keyin jamoalardan biri ma'ruza qiladi.
– Siz qaysi bölimda işlaysiz? Asosan qanday loyihalar bilan şuğullanasiz?
– Men Chrome Operations / Platforms bölimida Senior Software Engineer lavozimida işlayman. Majburiyatlarimga yirik vazifalar yeçimi, dizayni va amalga oşirilişi kiradi, u talablar, rejalaştiriş, yoziş va kodni sinaşni, şuningdek bu loyiha doirasida boşqa xodimlarga rahbarlik qilişni öz içiga oladi.
Asosan Chrome brauzeri dasturçilari foydalanadigan Continuous Integration tizimi va unga boğliq bölgan V8, WebRTC kabi loyihalar ustida işlayman.
– Iş tartibingiz qanday?
– Işlaş tartibini har kim özi uçun belgilaydi. Ertalab 8:37da Google`ning Wi-Fi örnatilgan avtobusiga çiqaman va leptopda işlaşni boşlayman. Yaqinda öğlim tuğildi, şu sababli uyga vaqtliroq qaytişga harakat qilaman. Umuman olganda, iş tartibini heç kim nazorat qilmaydi, çunki xodim işlagan vaqtiga qarab emas, balki samaradorligiga qarab baholanadi.
– Işni samaraliroq taşkil etiş maqsadida özingiz uçun belgilab olgan kun tartibingiz bormi?
– Tom ma'nodagi kun tartibim yöq, lekin bir neça qoidalarga amal qilaman: joriy vazifaga e'tibor qaratib, arzimas işlarga çalğimaslikka intilaman. Şu sabab, ijtimoiy tarmoqlarga kamroq vaqt ajrata boşladim.
– Sir bölmasa, Google`da maoşlar qanday?
– Aniq raqamlar – bu sir. Daromad maoş, bonus va opsionlardan iborat böladi. Bonus – bu muayyan lavozim böyiça örtaça maoşdan foiz bölib, yilda bir marta tölanadi. Optsionlar – bu GOOG va GOOGL aksiyalari bölib, ularga vaqt ötgan sayin egalik qilasiz. Agar yaxşi işlasangiz, bazaviy maoş yilda bir marta oşiriladi va yangi opsionlar taynlanadi. Agar lavozimingiz kötarilsa, daromadning barça komponentlari, jumladan bonus ham ortadi.
– Köp narsalarga. Jamoada işlaş madaniyati va bir-birining kodini tekşiriş (codereview)ni, veb-ilovalar monitoringi madaniyatini örgandim. Öy-fikrlar emas, ma'lumotlar asosida qarorlar qabul qilişni örgandim, taqsimlangan ilovalar tamoyillari, dizayni va yozilişini özlaştirdim. Axborot xavfsizligi haqida köp narsalarni bilib oldim.
– Bir qança maşhur naşrlarda Google, Facebook, Apple kabi gigant kompaniyalar ofislaridagi muhitni yorituvçi maqolalar berilgaç, köpçilik bu kompaniyalar xodimlari jannatmisol şaroitlarda işlaydi, deb tasavvur qiladi. Asl manzara qanday? Iş jarayonida biror murakkabliklar ham bormi?
– Men boşida biroz qiynaldim, çunki dasturlaş sohasidagi malakam endi hamkasblarimnikidan ajralib turmasdi. Yangi muhitga könikiş ham vaqt talab qildi.
Kiçik yoki örtaça kompaniyadan çiqqan odam uçun bu yerda kodni yozgaç, töğridan-töğri repozitoriyga joylab bölmasligi ğalati tuyulsa kerak. Google`da har qanday özgarişlar hamkasblarning tekşiruvidan ötişi kerak va bu tekşiruv, xodimning vaqtiga qarab, bir kunga çözilişi mumkin. Tekşiruv natijasida nimadir xato topilsa, uni töğrilaysiz va bu to barça kamçiliklarni bartaraf etmaguningizça, talab darajasidagi yeçimni taqdim qilmaguningizça davom etadi. Şunday ekan, kodning birinçi talqinini yozganingizdan to u repozitoriyga tuşguniça bir hafta vaqt ötişi mumkin. Bu ayniqsa kodni yoziş qonun-qoidalarini töliq tuşunib yetmagan yangi xodimlarda kuzatiladi. Tajriba oşgani sayin hammasi joy-joyiga tuşib ketadi.
– Google`dagi eng qattiq, balki ğayritabiiy qoidalar haqida sözlab bera olasizmi?
– Eng qattiq qoidalar, menimça, xavfsizlikka boğliq. Konfedentsial axborot, foydalanuvçilar şaxsiy ma'lumotlari, içki tarmoq xavfsizligiga qattiq turiladi. Axborot çiqib ketmasligiga bizda juda jiddiy qaraladi.
– Boşqaruv tizimi qanday tuzilgan?
– Kompaniyada menejment iyerarxiyasi mavjud: mening tepamda menejyerim bor, uning ham menejyeri bor va şu tariqa to CEO Sundara Piçaiga borib taqaladi. Lekin menejment amalda mutlaqo sezilmaydi, masalan, mikromenejment taqiqlangan. Yiğilişlarda muhandislar va menejyerlar oldinga qöyilgan vazifalarni muhokama qiladilar, keyin u yoki bu muhandis uni hal etişni öz zimmasiga oladi.
Menejyerning vazifasi kim nima iş qilişini körsatib beriş emas, balki jamoaning işini taşkil etiş, uni maksimal darajada samarali qilişdan iborat. Har kim öz menejyeri bilan bir-ikki haftada bir marta yuzma-yuz uçraşadi, unda istalgan mavzuda muhokamalar olib boriladi.
– Bunday keng qamrovli savolga şunga yaraşa umumiy javob beraman: IT-ta'limni rivojlantiriş va yoşlarni ruhlantiriş zarur.
– Bu sohaga qiziqişi bölgan, biroq öz kuçlariga işonmayotgan özbekistonlik yoş dasturçilarga qanday maslahat bergan bölardingiz?
– Öz kuçini past baholamaslik lozim. Agar kod yoziş sizga yoqsa, bu işni davom ettiring va mavjud texnologiyalarni örganing. Masalan, open-source loyihalarni yaxşilaşga urinib köriş mumkin. Iş hammaga yetadi.