«Million» jamoasi özining yangi konsert dasturini taqdim etişni rejalaştirmoqda. Ammo jamoa tarkibi özgargan. Bu haqda uşbu jamoa boşlovçisi Davron Kabulov Instagram’dagi öz sahifasida ma'lum qilmoqda. 

«Ular haqida yaxşi yoki yomon fikr bildirmayman. Hammaning öziga insof bersin. Asosiysi, jamoaning Mirkomil va Alişer kabi ustunlari, tirikçilik bahona vijdoniga qöşib döstini sotib yubormaydigan Umidlar hamon «Million»ni yanada rivojlantiriş yölida izlanişmoqda» , - deb yozgan edi u Instagram’dagi öz sahifasida.

Ma'lumotlarga köra, «Million» jamoasi tarkibiga özgarişlar kiritilgan, oldingi rezidentlardan ayrimlari turli sabablarga köra jamoani tark etişgan. Bular Umid Umarov, Otabek Mirzaholov, Şahlo Zoirova va Ahmad Temurovlardir. Şu bilan birga «Quvnoqlar va zukkolar» Respublika körik-tanlovining 2017 yilgi mavsumi çempioni – Navoiyning TBT jamoasi a'zosi, «Eng quvnoq yigit» nominatsiyasi ğolibi – Ma'ruf Nosirov jamoaning yangi a'zosiga aylangan.

Davron Kabulov bilan boğlanib, bu özgarişlar haqida söraganimizda quyidagilar ma'lum böldi.

- Men hozir bu haqda batafsil töxtalib ötmoqçi emasman. Çunki bu içkaridagi narsa, içkarida qolişi kerak. Biz bir jamoa edik. Ammo sahnada mukammal köringan inson hayotda ham Xuddi şunday böladi, degani emas ekan. Millionlab odamlarni sevdirib, içi töla kir bölişi mumkin. Biz turli-tuman qiyinçiliklardan, bosimlardan, “zapret”lardan ötdik, endigina öz ijodimizni kengroq, erkinroq olib boriş davri kelganda, «Million»ning ikkiga ajralib ketişi juda alam qilarli holat böldi.

Men bu jamoa bilan uzoqqa borişni niyat qilgan edim. Lekin hayotda inson öylagan, u reja qilgan hamma narsa ham bölavermas ekan. “Davron jamoadan bolalarni çiqarib yubordi”, degan gap-sözlar ham uçraşi mumkin. Ammo aslida bunday bölmadi. Men har xil gap-sözlardan xotirjamman. Odamlarning gap-sözi emas, bizning qandayligimiz muhim.

Bir misol keltiraman: Futbolga qiziqaman. Devid Bekhem eng sevimli futbolçim edi. U «Mançester Yunayted»ni tark etgaç, ikkilanib qoldim, jamoami yoki futbolçimi? Bu holat, menimça, juda köp muxlislarda kuzatilgan. Öşanda heç kim bilmagandi-ki, MYuda yangi yulduz – Kriştianu Ronaldu yetişib çiqayotgan edi. Aytmoqçi bölganim, jamoa har doim qoladi, jamoaning örni bölak.  

Jamoa tarkibiga kelib qöşilgan Ma'ruf jamoani tark etganlarning örnini töldiriş uçun taklif etilmadi. U özi erkin ijodkor, «Million»da, albatta, uning öz örni böladi, - dedi Davron Kabulov KUN.UZ’ga ma'lumot berar ekan.