Jamiyat | 00:57 / 03.06.2018
18920
2 daqiqa o‘qiladi

Shayxontohurda deputat tashabbusi bilan bolalar maydonchasi foydalanishga topshirildi

Bugungi izchil islohotlarning namunasi sifatida aholining ijtimoiy hayotini yaxshilash, hududlarda mahallalarning yangicha ko‘rinishdagi guzarlarini bunyod etish bo‘yicha ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilayotganini aytish mumkin. Shuningdek, bu borada Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 fevraldagi “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi belgilab o‘tilgan.

Prezident farmoni ijrosi doirasida Toshkent shahrining Shayxontohur tumani “Ipakchi” mahallasida Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Lutfulla Ubayev tashabbusi bilan bolalar maydonchasi qurib, foydalanishga topshirildi. 

“Bolalarimiz – bizning kelajagimiz. Biz mana shu kelajagimizning poydevorini to‘g‘ri qo‘ysak, ko‘zlagan oliy maqsadlarimizga so‘zsiz yetamiz. Bu bolalar yurtda bo‘layotgan o‘zgarishlarni hozirdanoq his eta borishlari kerak, ana shunda ularning qalbidan joy oladigan Vatan tuyg‘usi hech qachon so‘nmaydi. Mazkur tashabbus 1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bayram sovg‘asi bo‘ldi”,  - deydi O‘zLiDeP a'zosi Lutfulla Ubayev.

Xalq deputatlari tuman kengashi deputati  Lutfulla Ubayev. Foto: KUN.UZ

Mahalla fuqarolarining ta'kidlashicha, bolalar maydonchasining avvalgi holati achinarli ahvolda bo‘lgan. Endlikda yangi maydonchada “Ipakchi”ning 100dan ortiq bolasi sport bilan shug‘ullanishi mumkin.

Mavzuga oid