Qoidalarga köra, Köp kvartirali uylarni boşqariş organi aholiga qulaylik yaratiş maqsadida quyidagilarni amalga oşirişi lozim:
- köp kvartirali uyga tutaş yer uçastkasida örindiqlar örnatişi;
- tegişli masofada çiqindilarni taşlaş uçun çiqindilarni ajratuvçi urna joylaştiriş.
Uylarga tutaş yer uçastkalarida quyidagi umumiy foydalaniş maydonçalari bölişi kerak:
- maktabgaça va maktab yoşidagi bolalar öynaşi uçun;
- katta yoşdagi aholining dam olişi uçun;
- jismoniy tarbiya maşğulotlari bilan şuğullaniş uçun;
- maişiy çiqindilarni yiğiş uçun;
- it va boşqa uy hayvonlarini sayr qildiriş uçun;
- velosiped va boşqa mobil vositalarni (samokat, nogironligi bölgan şaxslar va bolalarning aravaçalari) saqlaş uçun.
Uylarga tutaş yer uçastkasi hamda infratuzilma obektlari obodonlaştirilişi, daraxtlar va ösimliklarga, ötiş yölkalari va trotuarlarga suv sepiş uçun muhandislik-texnik qurilmalar bilan jihozlanişi, elektr yoritiş tizimiga ega bölişi kerak.

















