2 iyunda Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasida ötgan yiğilişda Özbekiston basketbol federatsiyasiga yangi prezident saylandi. 

Yiğilişda federatsiya vakillari federatsiya faoliyati, rivojlanişi tarixi va bugungi kundagi holatiga bağişlangan taqdimotni namoyiş qilişdi. Şuningdek, mavjud muammo va kamçiliklar muhokama qilingan.

Dusanov Zohid Abduqayumoviç soğliğidagi muammolar sababli federatsiya prezidenti  lavozimini tark etgan. Bu lavozimga Özbekiston Adliya vaziri Davletov Ruslanbek Quroltoyeviç nomzodi ilgari surilgan. Yiğilganlar Davletovning nomzodini bir ovozdan qabul qilişgan.

Davletov öz nutqida basketbolning viloyatlarda rivojlantirilişi, terma jamoa uçun xorijiy murabbiyni jalb qiliş zarurligini ta'kidlab ötgan. Şuningdek, asosiy muammo – baza masalasi hal qilinişi zarurligini aytib ötgan.