Farğonadagi «Istiqlol» stadionida bölib ötgan Özbekiston kubogi finalida OKMK sensatsion ravişda «Paxtakor»ni mağlub etdi.
17-daqiqada «Paxtakor» sardori Marko Simiç öz jarima maydonida Kamoliddin Murzoyevning qölidan uşlab qoldi, natijada belgilangan penaltini Yovan Jokiç muvaffaqiyatli amalga oşirib, hisobni oçdi.

54-daqiqada «Paxtakor»ning braziliyalik hujumçisi Tiago Bezerrani olmaliqlar legioneri Vladimir Bubanya çalib yiqitgandek böldi. Biroz bahsli tuyulgan vaziyatda hakam ön bir metrlik nuqtani körsatdi: Ismael Gonsalveş imkoniyatni qöldan boy bermadi va hisob tenglaşdi – 1:1.

Oradan heç qança vaqt ötmay, Baxtiyor Aşurmatov şogirdlari yana hisobda oldinga çiqib olişdi. Bu vaziyatda Oybek Qiliçev öziga yaqin masofada oçiq turgan Jokiçga vaqtida pas uzata oldi, Yovan esa jarima maydoni çiziği yaqinida töpni töxtatmasdan darvozaning uzoq burçagiga aniq yönaltirdi – 2:1.
Öyinning sönggi daqiqasi ötib borayotgan pallada Jasur Hasanov öz qanotidan jarima maydoniga kirib kelib, töpni Muzaffarovga uzatdi, uning zarbasini Eldor Suyunov qaytarişga erişdi. Ammo darvozabondan qaytgan töp Zohir Pirimovga kelib tuşgaç, u öyinga yakuniy nuqtani qöydi – 3:1 va OKMK - Özbekiston kubogi sohibi.

Şu tariqa, Olmaliq şahri jamoasi öz tarixida ilk marta Özbekiston kubogi finalida öynaş bilan birga unda boş sovrin sohibi bölişga erişdi. Natijada klub kelasi mavsum Osiyo Çempionlar ligasi uçun saralaş öyinida qatnaşadigan böldi. Baxtiyor Aşurmatov jamoasi 2019 yilning 12 fevralida Iroqning «An-Nasr» klubiga qarşi öynaydi. Bir uçraşuvdan iborat pley-offda ğalaba qozonişsa, olmaliqlar öz tarixida ilk bor OÇLda iştirok etişi mumkin böladi.

Özbekiston kubogi, final
28 oktabr. Farğona, «Istiqlol» stadioni. 11152 tomoşabin
OKMK – PAXTAKOR – 3:1 (1:0)
Gollar: Jokiç (18 pen, 57), Pirimov (90) - Gonsalveş (54, pen)












