Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi olimlari tomonidan ğözaning yangi «Zangi-Ota-2», «Işonç» hamda «Zafar» navlariga patent olindi.

Foto: Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi

Fanlar akademiyasi xabariga köra, ğözaning yangi istiqbolli «Zangi-Ota-2» navi tezpişar, tola çiqimi va sifati yuqori, turli iqlim-tuproq moslaşuvçanligi bilan ajralib turadi. Hozirda bu nav Qaşqadaryo viloyati yangi navlar uruğligini köpaytiriş fermer xöjaligida köpaytirilmoqda.

Ğözaning yangi istiqbolli «Işonç» navi andoza navlarga qaraganda, suv tanqisligi, tuproq şörxokligiga bardoşli, tola sifati jahon standartlariga töla javob beradi. Işonç ğöza navi hozirgi kunda Qaşqadaryo viloyatining suv tanqis tumanlarida ekib köpaytirilmoqda.

Ğözaning istiqbolli «Zafar» navi olingan natijalarga asosan respublikaning turli viloyat nav sinaş şoxobçalarida tolaning sifat körsatkiçlari yuqori va barqaror bölganligini körsatdi. Bu nav hozirgi kunda Quva tumani yangi navlarni uruğligini köpaytiriş fermer xöjaliklarida ekib köpaytirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda ğözaning yangi - «Niyat» navi yaratilgandi.