Prezidentning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmoğini jadal rivojlantiriş va moliyaviy barqarorligini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan, 2021 yil yakunigaça 7 milliondan ortiq iste'molçilarning barçasi elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimiga ulanişi belgilangan.

“Özbekenergo” AJ matbuot xizmati xabariga köra, Buxoro viloyatida ham Janubiy Koreyaning “KT Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş işlari davom etmoqda.
– Elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimi joriy etilgaç, iste'molçilarning elektr hisoblagiçlari masofadan turib boşqarilişi va elektr ta'minoti korxonasi bilan iste'molçilarga bir qator qulayliklar yaratiladi, – deydi Buxoro viloyati Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi boş direktori Istam Ahmetov. – Qolaversa, iste'mol qilingan elektr energiyasining tölovlarini yiğişdagi muammolar hal etiladi ya'ni, iste'molçilarga elektr energiyasi yetkazib beriş oldindan tölangan haq doirasida amalga oşirilganligi sababli, ta'minotçi korxona hamda iste'molçilar örtasidagi noaniq qarzdorlik masalasi öz yeçimini topadi, transformator punktlaridan oqib ötayotgan elektr energiyasi va texnik yöqotişlarning real vaqtdagi miqdorini aniqlaş imkoniyati yaratiladi.

Iste'molçilarga foydalanilgan elektr energiyasi miqdori, tölagan mablaği, avariyali va rejali öçirişlar töğrisidagi ma'lumotlarni qöl telefonlariga yuboriladigan SMS xabarlar orqali bilib oliş imkoni mavjud böladi. Ayni paytda Buxoro şahriga 36288 dona elektr hisoblagiçlar yetkazib berildi. Buxoro şahridagi köp qavatli uylarning 35 ming xonadonida elektr hisoblagiçlar örnatildi. Joriy yilning oxiriga qadar 400 000 dona elektr hisoblagiçlar va apparat komplekslari yetkazib berilişi rejalaştirilgan.
Buxoro şahrida 77 990 nafar iste'molçilarning elektr hisoblagiçlari mavjud bölib, uşbu işlar reja asosida 1-çorakda amalga oşirilişi közda tutilgan. Şu bilan birga, viloyatdagi barça iste'molçilarning elektr hisoblagiçlari elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2019-2021 yillar davomida pudratçi taşkilot hamkorligida bosqiçma-bosqiç yetkazib beriladigan köp funksiyali “KAIFA” rusumli elektr hisoblagiçlarga almaştiriladi va töliq Elektr energiyasini hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimiga ulanib, “Billing” markazi orqali boşqarilişi ta'minlanadi.











