Öz his-tuyğularini tuşuniş va ularni boşqara oliş – aqlli odamlargagina xos xislat. Ular kek saqlaşmaydi, vaziyatni “uşlab turişmaydi” va yöllarida davom etişga şay. Bunday kişilarning baxt retsepti nafaqat ularning harakatida, balki ular tomonidan bajarilmaydigan işlarda ham namoyon böladi.

Bunday odamlarning muvaffaqiyati nimaga boğliq ekanini tuşuniş muşkul. Ular çetlab ötadigan harakatlarni seziş va xulosalar çiqariş ança oson.

1. Tejaş imkoniyatini qöldan boy berişmaydi

Mablağlarini boşqariş qobiliyati – aqlli kişilarga xos xislatlardan biri. E’tibor qaratiş kerak bölgan detallar talaygina.

Filtrli qöşimça kranni örnatiş butilkalardagi tozalangan suvni xarid qiliş zaruriyatidan xalos etadi. Yangi kartridj sotib oliş örniga uning böyoğini yangilaş – yana bir investitsiya.

Haqini tölab bölingan narsalardan maksimal darajada foyda olişni biliş muhim.

2. Özgalarga taşlab qöyişmaydi

Hayotingizda suyanişingiz mumkin bölgan insonlarning borligi yaxşi. Biroq doimiy ravişda atrofdagilarga suyaniş sizni kuçsiz odamga aylantiradi. Aql va qobiliyatga egasiz. Biroq atrofdagilardan yordam kutib ötirsangiz, şaxsiy xislatlaringizni işga sola olmaysiz.

Murakkab vazifani bajariş qölingizdan kelmaydimi? Bu haqida yaxşilab öylab köring. Biror narsani notöğri bajarişdan qörqiş, yomonroq qiliş, qöldan kelmaslik, bularning barining ortida muammolaringiz yeçimi turibdi.

3. Ularga yoqmagan narsalarga rozilik bildirişmaydi

“Yöq” sözi – kuçli instrument. Undan foydalanişni biliş kerak. Agar zimmangizga yangi majburiyatlarni olişni rad etsangiz, özingizda mavjud bölganlarini yaxşiroq bajarişga muvaffaq bölasiz. “Yöq” deyiş könikmasi – sizning notöğri tanlovdan suğurtangiz.

Qadringizni biling. Özingizga yoqmagan narsalarga rozilik bildirmang. Aks holda odamlar sizning rad etolmasligingizdan foydalana boşlaydilar.