Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi prezidenti Umid Axmadjonov Osiyo Olimpiya kengaşi vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda Kun.uz’ga MOQ matbuot xizmati xabar qildi.
2 mart kuni Tailandning Bangkok şahrida Osiyo Olimpiya kengaşining 38-Boş Assambleyasi öz işini boşladi. Birinçi kuni Osiyo Olimpiya kengaşining ijroiya qömitasi yiğilişi bölib ötdi.
«Boş Assambleya davomida 2019-2022 yillar uçun taşkilot rahbariyatiga, Ijroiya Qömitasi va doimiy komissiyasiga a'zolar saylandi. Biz uçun ahamiyatli tomoni şundaki, Osiyo Olimpiya Kengaşi vitse-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ham nomzodi ilgari surildi. Saylovda iştirok etganlar bir ovozdan Umid Ahmadjonov nomzodini qöllab-quvvatlaşdi va şu tariqa u Osiyo Olimpiya Kengaşi vitse-prezidenti böldi», deyiladi MOQ matbuot xizmati xabarida.
Eslatib ötamiz, Umid Ahmadjonov şuningdek Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi.
«Menga işonç bildirib, ovoz berganingiz uçun rahmat aytaman. Uşbu işonç menga ğurur bağişlaydi, şu bilan birga bu katta mas'uliyat hamdir. Men uşbu lavozimda nafaqat Özbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlarini himoya qilaman. Asosiy maqsadim XOQ Ijroiya Qömitasi a'zolari safidan örin olişdir. Xalqaro Olimpiya qömitasi tarkibiga kiriş uçun bor kuçimni işga solaman«, – degan Umid Ahmadjonov.












