Laziz Qudratov Investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar joriy yil yanvar oyidan buyon Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari lavozimida faoliyat körsatib kelgan Qudratov yangi lavozimda biroz avvalroq Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga rahbar etib tayinlangan Sunnatulla Bekenovning örnida iş boşladi.
Laziz Şavkatoviç Qudratov 1981 yil Toşkent şahrida tuğilgan. Toşkent davlat Şarqşunoslik instituti va Xosey universiteti (Yaponiya) bitiruvçisi.
U 2003-2010 yillarda Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo Vazirligida turli lavozimlarda işlagan, 2010-2014 yillarda Özbekiston Respublikasining Amerika Qöşma Ştatlaridagi Elçixonasida savdo-iqtisodiy masalalar böyiça Maslahatçi, 2014-2016 yillarda Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta'minlaş va qöllab quvvatlar böyiça «Özinfoinvest» Agentligi Direktori sifatida faoliyat körsatgan.
Laziz Qudratov 2017 yil iyunida Investitsiyalar böyiça Özbekiston Respublikasi Davlat qömitasi raisining Birinçi örinbosari etib tayinlanadi, 2019 yil yanvarida qömita Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi sifatida qayta taşkil etilgaç, şu vaqtgaça vazir örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.








