Vatan tarixini örganişga özining ulkan hissasini qöşgan yetuk olim, öz ilmiy faoliyati mobaynida köplab asarlar yaratgan, Zahiriddin Muhammad Bobur va uning tavallud topgan yurti Andijon ötmişini yangi ma'lumotlar bilan boyitiş yölida hormay-tolmay mehnat qilgan, haqqoniy tarixni yoritişda fidoyilik namunasi bölgan inson Sayfiddin hoji Jalilov 92 yoşida vafot etdi.
Sayfiddin hoji 1927 yili Andijon şahrida tuğildi. 1944-1947 yillarda pedagogika bilim yurtida öqigan ustoz Örta Osiyo Davlat universitetining Şarq fakultetiga öqişga kirdi. Oliygohni bitirganidan söng, 1952-1955 yillarda aspiranturada öqidi.
1957-1959 yillarda Andijon davlat pedagogika institutida tarix fanidan dars berdi, 1959-1966 yillar davomida Özbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim bölib işladi hamda 1965 yilda “Farğona vodiysi suğoriliş sistemasi tarixidan” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Bu ilmiy iş keyinçalik, 1978 yilda, “Farğona vodiysi suğoriliş tarixi” nomi bilan kitob holida ham naşr etildi.
U öz umri davomida yigirmadan ortiq monografik tadqiqot, 400 dan ziyod turli mavzudagi ilmiy-ommabop maqolalar yaratdi va çop ettirdi: “Andijon” (1989 y), “Saltanatni titratgan kunlar” (1998 y), “Bobur va Andijon” (1993), “Boburning Farğona davlati” (1995 y), “Bobur va Yuliy Tsezar” (2001 y), “Sayohatnoma” (2002 y), “Buxoriylar qissasi” (2006 y), “Buxoro taqdiri” (2011 y),”Şahzoda Bobur” (2013y) va boşqalar.
Andijon davlat pedagogika institutining (bu institut 1992 yildan e'tiboran davlat universitetiga aylangan) dotsenti lavozimida işlaş bilan birga 1967 yildan 1995 yilga qadar Respublika tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlaş jamiyati Andijon bölimi rayosatining a'zosi va sektor mudiri, 1986-1988 yillarda Andijon viloyati muzeylari ilmiy kengaşining raisi, Bobur nomli xalqaro jamğarma rayosatining a'zosi va köplab ekspeditsiyalarning iştirokçisi bölgan.
2001 yilda AQŞning ikki ştati – Indiana va Ohayo universitetlarida Özbekiston va Turkiston tarixi haqida qiziqarli ma'ruzalar öqidi, ayniqsa, Bobur haqidagi ma'ruzalari okean ortidagi talabalarnigina emas, yirik olimlarning ham e'tiboriga sazovor böldi.
Sayfiddin hoji Jalilov Andijon davlat universiteti faxriy professori, mazkur universitet muzeyining direktori lavozimida faoliyat körsatgan.
Olimning mehnatlari munosib taqdirlangan. Uni hukumat “Şuhrat” medali (1998), “Mustaqillikning 10 yilligi” medallari bilan mukofotlagan. 2004 yili Xalqaro Bobur mukofotining sovrindori bölgan. Ustozning şogirdlari hozirgi kunda mamlakatning turli oliy öquv yurtlarida, boşqaruv idoralarida, umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida xalqqa xizmat qilmoqda.











