«Manbaşunosligimiz dostonlarga tayanib tarix bitadigan darajada qaşşoq emas» - Axsikent tarixi munozarasi
|19:30 / 03.11.201918 07028 min
«Tarixida hali yozib tugatilmagan sahifalari mavjud bölgan xalq baxtlidir», degan edi şotlandiyalik tarixçi va faylasuf Tomas Karleyl. Xalqimiz özining boy va faxrlansa arzigulik tarixiga ega. Ötmişimizni xolisona örganiş uçun ilmiy manbalarimiz esa, yanada yetarli.
Vatan tarixçilari oldida turgan galdagi vazifalardan biri birlamçi mötabar manbalarimiz asosida yurtimizning haqqoniy tarixini yoritişdir. Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 24 mayda qabul qilingan «Qadimiy yozma manbalarni saqlaş, tadqiq va tarğib qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2995-sonli qarori bu sohadagi işlarni jonlantiriş uçun muhim omil böldi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugungi kundagi asosiy vazifalardan biri sifatida «Tariximiz, madaniyatimiz, dinimizga aloqador bir varaq qölyozma bölsa ham, ularni töplab, xalqimizni, yoşlarimizni taniştiriş, bizning qanday buyuk va betakror merosimiz borligini anglatiş, farzandlarimizni şu uluğ merosga munosib etib tarbiyalaş» ekanligini körsatib ötdi (Mirziyoyev Ş. «Milliy taraqqiyot yölimizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqiçga kötaramiz». Toşkent: «Özbekiston», 2017. 471-bet.).
Özbekiston insoniyat sivilizatsiyasi beşiklaridan hisoblanadi. Bunga Vatanimiz hududidan topib örganilgan qadimiy şaharlarimiz yaqqol guvohlik qilib turibdi.
Farğona vodiysi xususan, Namangan viloyatida özining yuksak tarixiy qiymatiga ega bölgan köplab yodgorliklar mavjud. Bularning içida Axsikent alohida örin tutadi. Qadimşunos olimlar tomonidan «Farğona Afrosiyobi», deya ta'rif berilgan Axsikent Farğona vodiysidagi eng yirik arxeologik yodgorlik hisoblanadi.
Şavkat Mirziyoyev 2016 yilning 2 noyabrida Namangan viloyati saylovçilar vakillari bilan bilan uçraşuvdagi nutqida viloyatdagi arxeologik va me'moriy yodgorliklar haqida özlarining quyidagi fikrlarni bildirib ötgan edi: «...Bu diyordagi maşhur Axsikent, Munçoqtepa, Ayritom, Muğtepa kabi me'moriy yodgorliklar ötmişda uşbu hududda öziga xos sivilizatsiya va boy madaniyat rivojlanganidan dalolat beradi».
Manzilgohni qazib örgangan qadimşunos olimlar manbalarga tayangan holda şaharning paydo bölişini taxminan miloddan avvalgi III asrlarga töğri kelişi ma'lumotini berişgan.
Axsikent - yozma manbalarining guvohlik berişiça, Farğona vodiysidagi eng qadimgi poytaxt va şahar hisoblanadi. Şahar örta asrlarda özbek davlatçiligi tarixida muhim örin tutib, juda köp saltanatlar uçun poytaxt vazifasini ötagan. 1621 yilgi kuçli zilzila oqibatida esa vayron bölgan va qayta tiklanmagan.
Mavzuga oid
Ayni paytda Axsikent yurtimizdan yetişib çiqqan köplab allomalarning kindik qoni tökilgan zamin hamdir. Xususan, Abul Qosim Mahmud ibn Muhammad as-Söfiy Axsikatiy, «Zul Fazoil» («Fazilatlar sohibi») laqabi bilan şuhrat qozongan Abu Raşod Axsikatiy, «Zul Manoqib» («Maqtovga sazovor xislatlar egasi») laqabini olgan Abul Vafo Muhammad ibn al-Qosim al-Axsikatiy, «Maliki şuaro» («Şoirlar podşosi») va «Amiri şuaro» («Şoirlar amiri») darajasiga erişgan Abdul Fazl Muhammad Tohir Asiriddin Axsikatiy, Tojuddin Abu Bakr bin Ahmad al-Axsikatiy al-Xöjandiy, Sayfiddin Axsikatiy, Mavlono Poyanda Oxun Axsikatiy, Muhammad Yusuf ibn Imomuddin Axsikatiy, Ibrohim ibn Yusuf bin Imomuddin Axsikatiy diniy va dunyoviy ilmlar sohasida şuhrat qozonganlar.
2017 yil 16 oktyabrda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Namangan viloyatining Töraqörğon tumanida «Axsikent» arxeologiya merosi obektini muhofaza qiliş va tadqiq etiş yodgorlik majmuasini taşkil etiş töğrisida» 831-sonli Qarori qabul qilindi. Uşbu qaror asosida majmuani saqlaş, uning iş faoliyatini samarali taşkil etiş maqsadida viloyat hokimligi muassisligida davlat unitar korxonasi şaklidagi «Axsikent» arxeologiya merosi obektini muhofaza qiliş va tadqiq etiş direksiyasi taşkil etildi.
Ötgan bir yil davomida direksiya tomonidan 3ta yirik anjuman taşkil etildi, kitoblar naşr etildi. Şaharning haqqoniy tarixini yaratiş, uni xalqaro turizm göşasiga aylantiriş borasida talay işlar amalga oşirildi va oşirilmoqda.
Şunisi e'tiborliki, direksiya ilmiy xodimlari Axsikent tarixini birlamçi ilmiy manbalarga tayangan holda yaratişga intilib, ayrim muammoli masalalarga oydinliklar kiritişdi.
Şulardan biri, XX asrning 60-yillarida paydo bölgan Axsikentni «Eski» va «Yangi» Axsikentga ajratib örganiş masalasidir.
Axsikentni XIX asr oxiri XX asr boşlarida örgangan rus şarqşunos va arxeolog olimlaridan, akademiklar A.Middendorf va V.V.Bartold, professorlardan N.I.Veselovskiy hamda A.N.Bernştam, tadqiqotçi-şarqşunoslar I.A.Kastane, V.Nalivkin, N.P.Ostroumov, N.Pavlov va boşqalar Axsi, Axsikat yoki Axsikent, deganda faqatgina bitta makon — Sirdaryoning öng qirğoğidagi joylaşgan Eski Axsi yodgorligini nazarda tutişgan.
Aytiş joizki, möğullar tomonidan Farğona vodiysi qanday bosib olingani haqidagi ma'lumotlar manbalarda kam yoritilgan. Şunga qaramasdan, sönggi paytlarda şaharlar tarixiga oid çop etilgan deyarli barça asarlarda vodiy şaharlari ham yurtimizning boşqa hududlarida bölgani kabi, 1220-1221 yillardagi möğullar istilosi davrida butunlay vayron etilgani ta'kidlanib yozildi.
Şuningdek, aksariyat olimlar Axsikent haqida ham şahar möğullar davrida vayron etilgaç, temuriy Umar Şayx Mirzo davriga kelib aholi undan 5-6 kilometr ğarbroqda yangi Axsi şahriga asos solganini qayd etişgan. Temuriylar davri Axsikenti yoki Umar Şayx Mirzo davlatining poytaxti Axsi bu — hozirgi Axsi qişloği örnida bölganini e'tirof etişdi. Xöş, buning uçun tarixiy manbaviy asos bormi? Umuman, bu xulosani olimlarimiz qayerdan olmoqdalar?
Biz örgangan ma'lumotlarga köra, Axsi, Axsikat va Axsikent bu bitta makon. XIX asr oxiri XX asr boşlariga kelib Axsikent tadqiqoti bilan şuğullangan yevropalik şarqşunos va arxeolog olimlar Axsikent yoki Axsi, deganda faqatgina bitta obektni nazarda tutişgan. U ham bölsa, bugungi Şahand-Jomaşöy yöli yoqasida, Sirdaryoning öng qirğoğida joylaşgan Eski Axsi arxeologik yodgorligidir.
XX asrning 60-yillarigaça bölgan tarixiy tadqiqotlar tahliliga nazar solinganda, Axsi qişloği örnida temuriylar şahar barpo etganligi masalasi örtaga taşlangan biron bir asar uçramadi.
Axsikentda 1960 yilning 14 mayidan 20 iyunigaça iş olib borgan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining maxsus arxeologlar otryadining ilmiy rahbari professor Ya.Ğulomov bölib, a'zolari I.Ahrorov va S.Rahimov edi.
Uşbu ekspeditsiya faoliyati natijalari töğrisidagi xulosalarni I.Ahrorov «Özbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnalidagi maqolasida bayon etgan. Unga köra, Eski Axsi yodgorligi XVII asrdagi zilzila oqibatida vayronaga aylangan. Şuningdek, muallif Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida körsatib ötgan Axsi qal'asi aynan bugungi kundagi Eski Axsi arxeologik yodgorligi ekanligini ham yozgan edi. Axsikent şahrining örta asr rabot qismi esa XV asrdan e'tiboran undan 2 kilometr şarqda joylaşgan Şahand qişloğiga köçgani, bu yerda XVI asr va XVII asrning birinçi çoragiga oid sopol buyumlar topilgani haqidagi ma'lumotlarni bergan edi. Ayni bu fikrni Boburning «Mahalloti qörğondin bir şar'iy yiroqroq tuşubtur» iborasi tasdiqlaşini ham keltirib ötgan edi (Axrorov I. «Arxeologiçeskiye issledovaniya gorodişça Axsikent v 1960 godu» // Obşçestvennyye nauki v Uzbekistane. 1962. №8. Str. 54, 58, 59.).
Ma'lumotlar tahlili şuni körsatmoqdaki, «Yangi Axsi» yoki «temuriylar davri Axsikenti» haqidagi fikrlar ilk bor XX asrning 60-yillarida Namangan ölkaşunoslik muzeyi xodimi Yu.G.Çulanov tomonidan «Sovetskaya arxeologiya» jurnalidagi «Gorodişçe Axsyket» maqolasida bildirilgan (Çulanov Yu.G. «Gorodişçe Axsyket» // Sovetskaya arxeologiya. 1963. №3. Str. 197-206.).
Yu.G.Çulanov maqolasida öz fikrini Eski Axsi yodgorligidagi qazişmalardagi topilmalar XIII asr boşlarigaça bölgan davrgagina taalluqliligi, XV-XVII asrlarga oid aşyolar bu yerdan topilmagani bilan isbotlamoqçi bölgan. Şu bilan birga, muallif yozma manbalarda Axsikent şahri keyingi davrlarda ham mavjud bölganligi qayd etilgan bölsa-da, biroq, şu davrga doir aşyoviy dalillar Eski Axsi manzilgohidan topilmagani uçun Axsi qörğoni qayerda bölganini aniqlaş maqsadida Sirdaryoning öng qirğoği böylab ğarb sari arxeologik tekşiruvlar ötkazganini yozgan edi. Buning natijasida, Eski Axsi qörğonidan 5–6 kilometr ğarbroqda hozirgi Axsi qişloği örnida Umar Şayx Mirzo davrida poytaxt bölgan Axsi qörğoni joylaşgan edi, degan xulosaga kelgan. Eski Axsini u Axsikent I, yangi Axsini esa Axsikent II, deb nomlaydi.
Yu.G.Çulanov şahar xarobalari Sirdaryo yoqalab bir kilometr uzunlikda yastanib yotganini, Axsikent I’dan farqli ravişda Axsikent II’da xom ğiştdan qurilgan mustahkam masofada devorlari yöqligi, şahar qismlarga ajratilmaganligi, şu bilan birga şaharning ilk loyiha şaklini tiklaşning iloji bölmaganini aytgan. Muallif şaharning markaziy qismi har tomondan jarlik va daryo bilan öralgan qal'adan iborat bölgan bölişi kerak, degan taxminiy xulosaga kelgan. Şuningdek u, daryo bugungi kunda öz özanidan 500–800 metrgaça surilib kelib, qal'a örnaşgan joylarni yuvib taşlagani, uning örnida esa Axsi nomi bilan kiçkina qişloq qolganini ta'kidlagan.
Yu.G.Çulanov «Boburnoma»dagi Axsi manzarasi tasvirlangan jumlalarni keltiriş çoğida Asiriddin şoirni Axsikatdan bölgani uçun ham Axsikatiy, deyişlari haqidagi jumlalarni tuşirib qoldirgan. Agar bu jumla tarjima matnida keltirilganida Yu.G.Çulanovning Axsi arxeologiyasi borasidagi «ilmiy kaşfiyoti» çippakka çiqqan bölar edi.
Şuningdek, Axsikentga aloqador aholi maskanlari haqidagi ma'lumotlarga bir munça aniqliklar kiritildi. Masalan, «Arxiyon» qörğonining qayerda joylaşgani masalasi. Sovet davri adabiyotlarida Arxiyon bu Töraqörğon tumani markazidagi Ğoyibnazar eşon madrasasi örnida bölgani yozilgan edi. Lekin birlamçi manbalar sinçiklab közdan keçirilganda, Arxiyon hozirgi Çortoq tumanidagi Oyqiron va Koroskon qişloqlari atrofida bölgani ayonlaşdi. Tarixiy manbalarda Axsidan Arxiyongaça bölgan masofa 5 yiğoç yöl ekani, Adak va Qizilrabod qişloqlariga yaqinligi qayd etilgan. Vaholanki, Axsidan Töraqörğongaça bölgan masofa öşa davr ölçovi bilan 2 yiğoçni taşkil etadi.
2018 yil «Andijonoma» gazetasining 28 noyabr sonida direksiya ilmiy xodimlari tomonidan çop etilgan kitoblarga nisbatan Zokirjon Maşrabov, Boqijon Matboboyev va Vahob Rahmonovning «Bobur qurdirgan maqbara topildi» nomi ostida tanqidiy maqolasi e'lon qilindi. Uşbu maqola deyarli özgarmagan holda «Özbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasining 2018 yil 7 va 21 dekabr sonlarida ham bosilib çiqdi.
Unda Axsikent direksiyasi ilmiy xodimlari tomonidan naşr etilgan «Axsi — Farğona şaharlarining onasi» hamda «Turist va ziyoratçilar uçun yölkörsatkiç» kitoblari tanqid qilingan.
Biz uşbu tanqidiy maqolaning ayrim jihatlariga töxtalib ötamiz.
Birinçidan, maqola mualliflari tarixiy manba sifatida Şoh Hakim Xolisning «Safedbulon qissasi» (yoki «Ğazotnomai Şoh Jarir») dostonini (Toşkent: Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot, 1994) asos qilib olişgan. Unga sof tarixiy-ilmiy manba sifatida murojaat qilingan. Vaholanki, dostonni naşrga tayyorlovçilarning özlari qissadagi voqealarga aniqlik kiritişda «birinçi galda tarixiy qölyozma manbalarga tayanişlari» lozimligini ta'kidlab ötişgan (Şoh Hakim Xolis. «Safedbulon qissasi». Toşkent: Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot, 1994. 4-bet).
Xalqimiz tarixini haqqoniy yaratiş uçun asl ilmiy manbalarimiz yetarli. Manbaşunosligimiz tarixiy asarlar yöqligidan doston yoki qissaga tayanib tarix bitadigan darajada qaşşoq emas.
Doston yoki qissalar badiiy asar hisoblanadi. Unda voqelik tarixiy haqiqatga yaqin bölişi ham, mutlaqo yiroq bölişi ham mumkin.
Maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur Safedbulonga kelib, Şoh Fazl maqbarasiga gumbaz qurgani yozilgan. Buni esa ilmiy kaşfiyot, deb baholaşmoqda.
Ikkinçidan, «dostondagi badiiy haqiqat» haqida söz yuritilgan. Haqiqat badiiy bölişi mumkinmi? Agar badiiy bölsa, demak u özgarişi mumkin ekan-da. Ilmiy asarda esa unday emas. Mualliflar tarix ilmi sohasida «kaşfiyot» qilganliklarini ovoza qilişdan avval, uşbu doston sof ilmiy manba sifatida tan olinganmi, dostondagi voqealar yana qaysi tarixiy-ilmiy manbalarda aks etgan, degan savollarga javob berişsa, yaxşi bölar edi. Buning uçun tarix ilmi borasida manbaşunoslik va tarixşunoslik sohalari nima bilan şuğullanadi, degan savolga javob beriş lozim. Ta'kidimiz şuki, haqiqat badiiy bölmaydi, agar u badiiy bölsa, uni özgartiriş mumkin böladi. Haqiqat esa özgarmaydi.
Hazrati Boburning şa'ni heç bir isbot, talabsiz uluğdir. Buyuk bobomizning qilgan bunyodkorlik işlari haqida tarixiy manbalarda ma'lumotlar keragiça yetarli. Uning buyukligini isbotlaş uçun albatta badiiy asar, qissa yoki töqilgan dostonlardan foydalanişga ehtiyojimiz yöq.
Stefan Tsveyg «Haqiqat butun holatida yaxşidir. Çala haqiqat esa heç narsaga arzimaydi», deb bejiz aytmagan edi.
Mualliflar Zahiriddin Muhammad Boburning otasi Umar Şayx Mirzo ibn Abusaid Mirzoning qabr joyini aniqlaşga harakat qilganliklarini yozişgan. Agar masalaga xolis yondaşilsa, bu ham xayrli iş, albatta.
Tanqidçilar «Boburnoma»da Axsida otasining maqbarasi yonida Boburning harbiy kengaş qilgani, Ahmad Tanbal ikki ming kişilik laşkar bilan Axsiga kirib, Boburni çekintirgani berilganini yozişgan. Şuningdek, «Töraqörğonlik buyuk adib Işoqxon Ibratning maşhur «Farğona tarixi» kitobini va Mirzo Boburning «Boburnoma» asarlarini ham ular öqişmagan, mabodo öqigan bölişsa, tuşunib yetmagan körinadi», qabilida mulohazalar yuritişgan.
Bobur 1502-1503 yillar voqealarini yoritar ekan, Axsida köprik borligi, keçasiga unga qöriqçi qöyilmagani tufayli, Ahmad Tanbal köprikdan ötib Axsiga kirib kelganini yozgan edi: «...Köprukka kişi qöymoq kerak edi, köprukka ham kişi qöymaduk. Betajribalikdin mundoq ösallar böldi. Tong boşida Tanbal yetti. Uç ming yaroğliq kişi bila kelib köprukdin ötub arkka kirdi...» (Zahiriddin Muhammad Bobur. «Boburnoma». Toşkent: «Yulduzça», 1989. 100-101-betlar.).
Hurmatli olimlarimizga tanqid qilişdan avval, yuqoridagi asarlarni özlari ham yaxşilab, sinçiklab öqib körişlarini maslahat bergan bölar edik. Ahmad Tanbal ikki ming emas, uç ming kişi bilan Axsiga kirib kelgan edi.
Şu bilan birga, Axsi bilan Sang orasidagi masofani «Andijonnoma» gazetasidagi maqolada beş kilometr, «Özbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasidagi maqolalarida esa 4 kilometr, deb yozadilar. Avval aniq masofani ölçab, keyin yozgan ma'qul bölar edi.
Maqolada «Eski Axsiga Amir Temur va temuriyzodalar Umar Şayx Mirzo va Bobur Mirzoning heç qanday aloqador joyi yöqdir. Çunki Axsikent XIII asrdayoq vayrona, ölik şahar holiga kelgan edi. Töraqörğonlik buyuk mutafakkir Işoqxon Ibratning «Turkiston viloyati gazeti» (48-soni, 1913 yil 23 iyun)da çop etilgan maqolasida şunday yozilgan: «Hozirda Axsi ikki yerda bölub, birini Eski Axsi birini yangi Axsi derlar», degan fikrlarni ilgari surganlar.
Uçinçidan, mualliflar qaysi manbaga tayangan holda bu xulosaga kelmoqdalar? Maşhur tarixçi akademik B.Grekov «Tariximiz haqidagi manbalar tölib-toşib yotibdi. Gap manbaning köpligida emas, gap tadqiqotçi öşa manbalardan nima maqsadda foydalana biladi? Gap mana şunda», deb bejiz aytmagan edi.
Işoqxon Ibrat Axsikentni örgangan, tadqiq etgan ilk olimlardan. «Turkiston viloyatining gazeti»ning 1913 yil 23 iyun № 48 soni, 7 iyul № 52 soni, 11 iyul № 53 soni, 18 iyul № 55 sonlarida Axsikent haqidagi turkum maqolalarni bergan.
Maqolalardan iqtibos keltiramiz, 1913 yil 23 iyun №48-soni: «Farğona öblastida qadimgi zamonlarda poytaxt bölib turgan Axsi yoki Axsikat degan katta şahar bölgan.... Umar Şayx Mirzoning qabri alhol Axsidadur... Umar Şayx Mirzo va Şayboniyxon avlodlaridan Jonibekxonga Axsi şahri bir neça vaqt poytaxt bölib, bu şaharda hukmronlik qilgan ekan. Öşal asrlarda ğoyatda obodonlikda ekan... Katta qörğon va Arkni asorati mavjuddir.... Hammomlar, madrasalar, saroylar, yer tagidin yuradurğon suv qubirlari köp taajjublik narsalari hozir ham körinib turadur. Hozirda Axsi ikki yerda bölib, birini Eski Axsi birini Yangi Axsi derlar. Ya'ni, Yangi Axsi Eski Axsi buzilgandin söng qolgan odamlar daryodin qoçib Koson tarafinda balandlik biyobonga imoratlar qilib köp qişloq bölganlar. Hozir Yangi Axsida ön ikki qişloq Şahand degan bozorlik bir qişloq ila bir bolust bölgan.... Eski Axsini buzulgan tarixi 1030-milodiyda bölğon ekan. Andin buyon mazkur Axsini heç podşohlardin yoki fuqarolardin obod qilğon yöq...».
1913 yil 7 iyul, №52-sonidan: «...Ark qörğonidan boşqa imorat va boğotlar atrofini ham qörğon devor ila ihota qilingan ekan. Içkari qörğonda tört darvoza bor ekan.... Bu şahardin köb ahli ilm, ahli adablar çiqib, alardan ba'zilari Abulvafo Muhammad bin abul-Qosim Al-Axsikatiydur. Öz vaqtida luğat va tarixga ğoyat olim va mohir ekanlar. 520-nçi yilda vafot qilibdurlar. Bu zotning birodari Abu Raşod Ahmad bin Abul Qosim. Bul zot ham adib, fozil, şoir ekanlar. Har ikkovlari oxir umrlarida Marvda istiqomat qilib öşal şaharda vafot qilibdurlar....».
1913 yil 11 iyul №53-sonidan: «...Axsi degan şahar öşal asrda köp haddan fazun obodon holatida Hazrat bori ta'alo va muqaddasni hikmati ham irodasi ilan ofati samoviysiga duçor bölunib, toq ravoq imoratlari buzulib, vayronalik ahvolotga tuşub va mardumlari halokatga duçor bölub va ba'zilari atrof javoniblarga tarqab, mutafarriqa böluşib, ketganlari vajhidin mazkur vayronalikni mubdal bölingan Eski Axsini atrof javoniblariğa tubanda nomlari bayon bölib yozilgan 15 adad katta qişloqlar mavjud va obod bölingandir. Va lekin Eski Axsi şahrini asli binosi qayu zamonlarda va qayu vaqtlarda bino bölinganligi ma'lum ermas. Mazkur 15 adad yangidan bino bölgan qişloqlar ikki yuz yilni orasida barpo bölgan ekan... Va mazkur vayron bölgan Eski Axsini örniğa, yangidan barpo bölingan 15 adad qişloqlarni nomlari uşbu tubanda yozilmişdir. Çunonçi, 1) Birinçi yangi Axsi qişloq...».
Işoqxon Ibrat maqolalaridan körinib turibdiki, maşhur axsikatiylar yetişib çiqqan Axsi, temuriylar davri Axsikenti, zilzilada vayron bölgan Axsi – bu bitta makon hozirgi Eski Axsi yodgorligidir.
«Agar, Axsi Farğona viloyatining poytaxti bölganda, u yerda adabiy madaniy muhit bölib, Mirzo Boburning otasi Umar Şayx Mirzodek ziyoli podşohning qabr maqbarasi qarovsizlikdan yöq bölib ketarmidi?», kabi tor doiradagi olimlar uçun yaraşmaydigan tarzdagi fikrlar ham mavjud.
Şuni bilsinlarki, buyuklar qabrlarini obod qiliş, saqlab qoliş öz yölida, tabiiy ofat tufayli yöq bölib ketiş boşqa narsa. Agar butun şahar ahli ma'rifatparvar bölganda ham tabiiy ofat ularning xohiş irodasi bilan amalga oşmasligini unutmaslik kerak.
Eski Axsi Xorazmşoh va möğullar tomonidan XIII asrda butunlay vayron qilingan bölib, ikki-ikki yarim asr ötib, sohibqiron Amir Temur XV asrda («Özbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasining 21 dekabr sonida esa XIV asrda) yangi Axsiga asos solgan va XVII asrgaça yozgi qarorgoh bölib xizmat qilgani tarixiy manbalardan ma'lum, deb yozadilar. Avvalo bu sanaga aniqlik kiritiş lozim. Tarixda bir asrning emas, bir kunning ham öz örni bor.
Ibrat domla Eski Axsining buzilgan sanasi 1030 hijriyda röy bergani, ya'ni milodiy hisob bilan 1621 yilda sodir bölganligini yozmoqda. Bu axir «Ajoyib at-taboqot» asarida tasvirlangan Axsi zilzilasi sanasi-ku? Agar şahar möğullar tomonidan vayron etilgan bölganida arab va fors tillarining çuqur bilimdoni, mutafakkir olim buni yozib, eslatib ötmasmidi? Asosiy vazifamiz tarixiy haqiqatni bayon etişdir. Jan-Jak Russo: «Mening vazifam haqiqatni gapirişdir. Ammo unga işonişga majbur qiliş emas», degan edi.
Törtinçidan, Amir Temur Yangi Axsi şahriga asos solgani qaysi tarixiy manbada aks etgan? Öşa tarixiy manba olimlar tomonidan tan olinganmi? Agar Amir Temur Yangi Axsi şahriga asos solgani isbotlanmaganda ham uning bunyodkorlik, şaharsozlik borasidagi faoliyatiga, obrösiga zarraça ziyon yetmaydi. «Yangi Axsi»siz ham uning bu boradagi işlari yetarliça faxrlansa arzigulikdir. Axsi temuriylarning yozgi qarorgohi bölgani haqidagi ma'lumot qaysi manbadan olinmoqda?
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida Umar Şayx Mirzo poytaxt qilgan Axsini quyidagiça tasvirlaydi: «...Sayxun suyining şimoli tarafidaği qasabalar: bir Axcidur. Kitoblarda Axsikat bitirlar. Neçukkim, Asiriddin şoirni Asiriddin Axsikatiy derlar. Farğonada, Andijondin söngra mundin uluğroq qasaba yöqtur. Andijondin ğarb sori töqquz yiğoç yöldur. Umarşayx mirzo muni poytaxt qilib edi, Sayxun daryosi körğonining ostidin oqar. Qörğoni baland jar ustida voqe bölubtur. Handaqining örniga amiyq jarlardur. Umarşayx mirzokim, muni poytaxt qildi, bir-ikki martaba taşqarroqdin yana jarlar soldi. Farğonada munça berk qörğon yöqtur. Mahalloti qörğondin bir şar'iy yiroqroq tuşubtur...» (Zahiriddin Muhammad Bobur. «Boburnoma». Toşkent: «Yulduzça», 1989. 8-bet.).
Na «Boburnoma»da na boşqa mötabar manbalarda Axsini yozgi qarorgoh bölgani yozilgan. U holda tanqidçi olimlar bu faktni qayerdan olmoqdalar?
«...poytaxtga arzigulik manbalar yöqligi, bu joyning yozgi qarorgoh bölganligini belgilab turibdi», zaylidagi fikrlari ham munozarali. Bu Umar Şayx Mirzoning salohiyati, aql-zakovatiga nisbatan haqorat emasmi? Nahotki, poytaxtga arzigulik joy bölmagan şaharni Umar Şayx Mirzo poytaxt qilgan bölsa, bizningça unday emas. Mark Tulliy Tsitseron: «Tarix fanining birinçi vazifasi — yolğondan saqlaniş, ikkinçisi — haqiqatni yaşirmaslikdir», degan edi.
Beşinçidan, Eski Axsini Işoqxon Ibrat bergan fikrlarga qarama-qarşi ravişda XIII asrda butunlay vayron bölganini yozadilar.
Axsikentni möğullar tomonidan bosib olingani masalasiga kelsak, yana bir talay savollarga javob berişga töğri keladi. Möğul qöşini Farğona vodiysini yoki Axsikentni qaçon bosib olgan? Möğul qöşinining laşkarboşilari kimlar edi? Janglar qayerda va qaçon bölgan? Şu davrda ularga qarşi kuraşgan Axsikent, umuman Farğona hukmdorlari yoki qöşin boşliği-laşkarboşilari kimlar edi? Eng asosiysi, bu haqda qaysi asarda yozilgan? Bu ma'lumot qaysi işonçli manbadan olinmoqda? Axsikent va Farğonaning boşqa şaharlari möğullar bosqini davrida vayron etilgan, deyişdan avval yuqoridagi savollarga javob berişga töğri keladi.
Tabiiyki, bu savollarning barçasi javobsiz qoladi. Umuman, möğullar bosqini Farğona vodiysida qay darajada keçgani, ular Farğonani qay tariqa bosib olganliklari masalasi alohida mavzu bölgani bois, uşbu masalani keyingi tadqiqotlarimizda birlamçi manbalarga tayangan holda bayon etamiz.
Andijonni maqolada «Qubatul Islom» — «Islom markazi» maqomini olib, jahoniy maşhur bölgan»ini yozganlar. Umuman Andijonga qaçon va kim tomonidan uşbu unvon berilgan? Bu ma'lumot qaysi işonçli manbada aks etgan?
Maqolada: «Bobur mirzo «Boburnoma» asarida bobosi Yunusxonni poytaxt Andijonga köp marotaba kelganini eslaydi, ammo biror marotaba Axsiga borganligini yozmagan», deb da'vo qilganlar.
Biz mualliflarga «Tarixi Raşidiy» asarini öqib körişni tavsiya etgan bölar edik. Asarda Umar Şayx Mirzo Yunusxonni qişni ötkaziş uçun Axsiga taklif qilganligini va xon u yerga kelganligini yozgan (Mirzo Muhammad Haydar. Tarixi Raşidiy. -Toşkent: «Özbekiston», 2011. 156-bet.).
«Möğullar Eson Buğixon şimol tarafdan poytaxt Andijonga hujum uyuştirib turgan bir paytda Umar Şayx Mirzo vaqtinça oz muddatga yozgi qarorgoh yangi Axsini poytaxt qilib turişga majbur böladi. Poytaxt Andijon tartibga solinib ta'mirlangaç, tez muddatda saltanat yana qadimiy poytaxt Andijonga köçirib ötadi» fikrlari ham öz isbotini talab qiladi. Çunki, Möğuliston xoni Eson Buğaxon 1462 yil vafot etgan bölib, Umar Şayx Mirzo esa Andijon taxtiga 1463 yil keladi. Yoki Eson Buğaxon faqat yozda hujum qilganmi? Qanday qilib vafot etgan şaxs şaharga hujum qilişi mumkin?
«Investitsiya kiritib, tarixiy voqelikni mablağ bilan soxtalaştiriş heç qaçon yaxşilikka va uzoqqa bormagan. Haqiqat, adolat egiladi, bukiladi, ammo, manguga yopib bölmaydi», bu fikrlarning tagi zaminida nima yotganligi ham tuşunarsiz.
«Kitob mualliflari M. Mirsaydullayev T. Kazakov va boşqalap örta asrda qadimiy Andijonni Farğona vodiysidagi 7 qişloqdan biri bölgan deb yozadilar», degan e'tirozli fikrlari uçun tarixiy manbalarni öqişni taklif qilgan bölar edik. Birlamçi manbada şunday deb ta'rif berilgan bölsa, kitob mualliflariga yana qanday e'tirozlari bor?
Oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Bu haqqoniy tarixni yaratiş va yoş avlodga yetkazişdir. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev: «Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan uluğ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va işonaman, xudo xohlasa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham böladi» (Mirziyoyev Ş. «Milliy taraqqiyot yölimizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqiçga kötaramiz». Toşkent: «Özbekiston», 2017. 415-bet), deb bejiz aytmadi.
Köhna Axsikent tarixini örganiş, saqlaş, tadqiq etiş maqsadida hukumat qarori çiqdi. Keling, qölni-qölga berib işlaylik, xolis bölaylik.
Maqolamiz sönggida hurmatli hamkasb olimlarimizni xolis va odil bölişga çorlab mutafakkirlardan B.Fontenelning quyidagi fikrini keltirib ötamiz: «Barça kişilar xato qiladilar. Lekin buyuklargina öz xatolarini tan oladilar».
Tohirjon QOZOQOV,
Tarix fanlari nomzodi.
Zahiriddinbobir HAYDAROV,
Namangan davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari nomzodi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi