Xalq demokratik partiyasi saylovda eng köp deputatlik örinlari uçun kuraşmoqda. Partiyamizdan Qoraqalpoğistondagi saylov okruglaridan körsatilgan nomzodlar Saylovoldi dasturidan kelib çiqqan holda, aholini ijtimoiy himoya qiliş, nogironligi bölgan şaxslar, ijtimoiy kömakka ehtiyojmand fuqarolarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, uy-joy va kommunal xizmatlarning, tibbiy xizmatlarning ijtimoiy maqbulligini ta'minlaş, ta'limda ijtimoiy tenglik böyiça bir qator dolzarb masalalarni ilgari surmoqda.
Uşbu hududning murakkab şaroitidan kelib çiqib, aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş, sifatli tibbiy yordam körsatiş, onalik va bolalikni himoya qiliş, ayollar va yoşlarning jamiyatdagi örni va mavqeini oşiriş kabi bir qator muhim masalalarda öz takliflarini işlab çiqişdi. Ular har bir tuman va şaharga, qişloq va ovulgaça kirib borişni, aholining ijtimoiy muammolarini örganib, hal etiş çoralarini izlaşda qattiq bel boğlaşgan.

Rustem Aybergenov, huquqşunos, iqtisodçi, Özbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpoğiston Respublikasi boşkarmasi huzuridagi hakamlik sudi raisi, 1-Nukus saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga ÖzXDPdan körsatilgan deputatlikka nomzod:
– Markazlaşgan isitiş va issiq suv ta'minotini, maişiy çiqindilarni olib ketiş va utilizatsiya qiliş xizmatlarini körsatuvçi korxonalarning tabiiy monopoliyasi böyiça qonunçilik me'yorlarini körib çiqiş lozim, deb hisoblayman. Deputatlikka saylansam, bu boradagi masalalarni yeçişda yanada faol iştirok etiş imkoniga ega bölaman.

Pulat Xudaybergenov, şifokor, Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumani tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tibbiy yordam bölimi mudiri, 2-Törtköl saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga ÖzXDPdan körsatilgan deputatlikka nomzod:
– Şifokor sifatida mulkçilik şakli va moliyalaştiriş manbalaridan qat'i nazar, barça tibbiyot muassasalarida kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bölgan şaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uçun yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlardan foydalangan holda har yili bepul tibbiy körikdan ötkaziş tizimini takomillaştiriş kerak, degan taklifni ilgari suryapman. Kelajakda bu yönalişdagi işlarni yanada kuçaytirişni rejalaştirganman.













