O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova vafot etdi
O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova 20 mart kuni 70 yoshida olamdan o‘tdi.

Foto: O‘zbekkino
Joriy yilning 20 mart kuni O‘zbekiston xalq artisti Oybarchin Bakirova vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda.
Oybarchin Bakirova 1950 yil 27 iyunda Andijonda taniqli o‘zbek aktyori Abbos Bakirov oilasida tug‘ilgan. 1971 yil Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan.
Aktrisa o‘z faoliyatini 1971 yilda «O‘zbekfilm» kinostudiyasida boshlagan. U ko‘pchilikka tanish bo‘lgan «Yettinchi jin», «Tangalik bolalar», «Vodillik kelin», «Armon», «O‘yin» va «Farzandim» kabi o‘nlab filmlarda turli obrazlarni yaratgan.


Oybarchin Bakirova tomoshabinlarga nafaqat kinoaktrisa balki dublyaj sohasidagi faoliyati orqali ham juda yaxshi tanish. Aktrisa bugungacha yuzdan oshiq kino va multfilm qahramonlariga ovoz bergan.

Oybarchin Bakirova o‘z faoliyati orqali 2000 yilda «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» unvoni bilan taqdirlangan.
Vazirlik xabariga ko‘ra, bugun, shom vaqti bilan taniqli aktrisa Toshkent shahridagi «Chig‘atoy» qabristoniga dafn etiladi.
Kun.uz marhumaning oila a'zolari va yaqin do‘stlariga ta'ziya va hamdardlik bildiradi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
Jahon | 20:45
-
Hindistonda yuz bergan otishma oqibatida 25 nafar turist halok bo‘ldi
Jahon | 20:09
-
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi
O‘zbekiston | 20:07
-
“Narxlar ancha arzonroq” - Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbeklar o‘zi bilan nimalar olib kiryapti?
O‘zbekiston | 19:56