Angliyada 15 iyundan nooziq-ovqat do‘konlari ochiladi
Bosh vazir Boris Jonson cheklovlar olib tashlanganidan so‘ng mamlakat iqtisodiyotini tezroq tiklash uchun aholini pullarini sarflashga chaqirdi.

Foto: Dan Mullan/Getty Images
Angliyada 1 iyundan ochiq havodagi bozorlar va avtosalonlarning ishlashiga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi, 15 iyundan nooziq-ovqat do‘konlari ochiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonsonga tayanib Bloomberg xabar berdi.
15 iyundan kiyim-kechak, poyabzal, o‘yinchoq, mebel, kitob va elektronika do‘konlari, atele, fotostudiya, yopiq bozorlar va kimoshdi savdo uylari faoliyatini qaytadan boshlaydi.
Britaniya bosh vazirining ta'kidlashicha, savdo nuqtalari faoliyatini boshlash uchun koronavirus tarqalishiga qarshi chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak.
Xabarda aytilishicha, xaridorlar tez-tez qo‘lini tegizadigan buyumlar yuzalari muntazam tozalab turilishi, xaridorlar qaytarib kelgan buyumlar kamida 72 soat saqlanishi kabi talablar qo‘yilmoqda.
Jonson shuningdek, cheklovlar olib tashlanganidan so‘ng mamlakat iqtisodiyotini tezroq tiklash uchun aholini pullarini sarflashga chaqirdi.
E'lon qilingan yumshatish choralari faqat Angliyaga taalluqli. Buyuk Britaniyaning boshqa qismlari - Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya cheklovlarni o‘z hukumatlari belgilagan jadval asosida bekor qiladi.
Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, Buyuk Britaniyada koronavirusga chalinganlar soni 260 mingdan oshgan, 37 mingga yaqin bemor vafot etgan.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiyaning navbatdagi manipulyatsiyalari». Zelenskiy Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga bergan javobini izohladi
Jahon | 01:23
-
Misr Isroil va HAMASga 60 kunlik sulh bo‘yicha yangi rejani taklif qildi
Jahon | 00:41
-
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
Jahon | 23:54 / 13.03.2025
-
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi
Jahon | 23:23 / 13.03.2025
Mavzuga oid

15:39 / 11.03.2025
Iste’fodagi politsiya iti o‘rmonda yo‘qolgan qariyaning hayotini saqlab qoldi

15:15 / 19.02.2025
Olimlar hayvonlarning hissiyotlarini aniqlaydigan sun’iy intellekt yaratdi

19:55 / 18.01.2025
“Uchinchi shaxslar aralashuvi” – millionlab o‘zbekistonliklar Angliyada ishlash uchun ariza topshirgan tanlov bekor qilindi

17:58 / 01.01.2025