Hujjatga binoan, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tuzilmasida:
Oliy sud apparati rahbari lavozimi;
Sud-huquq sohasidagi qonunçilikni tahlil qiliş boşqarmasi;
Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik boşqarmasi taşkil etiladi.
Oliy sud apparati rahbariga Oliy sud boşqarmalari faoliyatini taşkillaştiriş va muvofiqlaştiriş vazifasi yuklatiladi hamda u Oliy sud Plenumiga hisobdor böladi. Oliy sud apparati rahbari Oliy sud raisining taqdimnomasiga asosan Oliy sud Plenumi tomonidan lavozimiga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Şuningdek, viloyat va unga tenglaştirilgan sudlar tuzilmasida matbuot xizmatlari taşkil etiladi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sud amaliyoti muammolarini örganiş markazi tugatiladi.
Sud amaliyoti muammolarini örganiş markazini tugatiş hisobidan böşayotgan 9ta ştat birligi Oliy sud tizimida taşkil etilayotgan Sud-huquq sohasidagi qonunçilikni tahlil qiliş boşqarmasini şakllantirişga yönaltiriladi.











