Farmonda sud tizimini takomillaştiriş va odil sudlov samaradorligini oşirişga qaratilgan quyidagi taşkiliy-huquqiy çora-tadbirlar nazarda tutilgan:
1. Viloyat darajasidagi fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlari birlaştirilib, ularning negizida sudyalarning qat'iy ixtisoslaşuvini saqlab qolgan holda yagona umumyurisdiksiya sudlarini taşkil etiş;
hozirgi kunda har bir viloyat sudida 4 tadan 15 tagaça sudyalar faoliyat yuritayotgan bölsa, yangi taşkil etilayotgan umumyurisdiksiya sudlarida 19 tadan 47 tagaça sudya işlaydi.
Viloyat sudlarida sudyalar sonining kamligi işlarning bir viloyatdan ikkinçisiga 20 mingdan ortiq işlarning olib berilişiga, natijada fuqarolarning sarsongarçiligiga sabab bölgan.
2. Ilğor xorijiy tajriba va xalqaro standartlarni inobatga olgan holda respublikada samarali ma'muriy odil sudlov tizimini yaratiş. Bunda:
ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati jinoyat işlari böyiça sudlarga ötkaziladi;
tuman (şahar) ma'muriy sudlari tugatilib, ularning negizida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toşkent şahrida tumanlararo ma'muriy sudlar taşkil etiladi.
199 ta tuman (şahar) ma'muriy sudlari maqbullaştirilib, viloyat markazlarida 14 ta tumanlararo ma'muriy sudlar taşkil etiladi.
3. Sudda işlarni körişda inson huquqlari kafolatlarini yanada kuçaytiriş va taraflarning tortişuvçanlik tamoyilini amalda röyobga çiqariş maqsadida jinoyat işlari böyiça sudlarda dastlabki eşituv institutini joriy etiş.
2019 yilda 469 ta iş sudda bir neça oy körilgandan keyin dastlabki tergovdagi kamçiliklarni bartaraf etiş uçun prokurorga qaytarilgan. Endilikda işni sudga tayinlaş jarayonida 7 sutka içida sudya mazkur masalani hal etişi mumkin böladi.
4. Prokurorning sudda iş körilişi jarayonida iştirok etiş tartibi ilğor xalqaro standartlarga moslaştirilmoqda. Jumladan:
Prokuror sud jarayonida ayblovdan voz keçgan taqdirda, reabilitatsiya asoslariga köra jinoyat işini tugatiş;
prokuror tomonidan taraflar murojaati mavjud bölgan holdagina, suddan işni örganiş uçun çaqirib oliş;












