Uyga qaytmoqçi bölgan özbekistonlik uç mingdan ziyod muhojir hozir Samara viloyatidagi maxsus vaqtinçalik lagerda bölib turibdi, deb xabar beradi «Exo Moskvi» radiosi.
Özbeklar milliy-madaniy jamiyati kotibi Yodgor Usmonovning sözlariga köra, özbekistonlik muhojirlar Kinel şahri yaqinida joylaşgan maxsus lagerga kelişda davom etmoqda.
6 sentabr kuni Rossiyadan 900 nafar muhojirni olib çiqib ketgan navbatdagi poyezd yölga çiqdi. Poyezdga çiqiş qat'iy ravişda Özbekiston boş konsulligi tomonidan tasdiqlangan röyxatlar böyiça amalga oşirilmoqda.

Ammo, Yodgor Usmonovning aytişiça, sönggi kunlarda lagerda poyezd çiptalarini juda baland narxda - 30 ming rublga (400 dollar atrofida) sotayotgan olibsotarlar ham paydo bölgan.
Migrantlar Kinelga öninçi avgustdan kelişni boşladi. Vatanga ketmoqçi bölib, ular temir yöl stansiyasida poyezd kutişgan. Rasmiylar suv va elektr energiyasi bölgan maxsus vaqtinçalik lager taşkil qilgunça, ular perronning özida matraslar va qölbola çodirlarda yaşaşdi.

Umuman olganda, sönggi haftalarda Kinel stansiyasidan 4 mingga yaqin muhojir bölgan törtta poyezd Özbekistonga jönab ketdi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 9 avgust kuni Rossiyaning Samara şahridan 925 nafar özbekistonlik poyezdda Toşkentga olib kelindi.
25 avgust kuni esa, Rossiya va Qozoğiston tomoni bilan kelişuvga binoan, “Özbekiston temir yöllari” AJ poyezdi 918 nafar fuqaro bilan “Kinel” stansiyasidan Özbekistonga jönadi.
Şuningdek, 4 sentabr kuni Samaradan 922 nafar özbekistonlik poyezdda Samarqandga olib kelindi







