O‘zbekiston | 08:11 / 28.08.2020
2891
1 daqiqa o‘qiladi

Samaradan 918 nafar o‘zbekistonlik maxsus poyezdda Toshkentga olib kelindi

Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.   

Foto: Transport vazirligi

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent – Kinel –Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.  

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, joriy yilning 25 avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 918 nafar fuqaro bilan “Kinel” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan. 

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur poyezd Toshkent shahriga yetib keldi. 

Qayd etilishicha, ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar avtobuslarda Toshkent viloyatidagi karantin zonalariga yetkazildi.   

Avvalroq, Rossiyadan 927 nafar o‘zbekistonlik poyezdda Namanganga olib kelingani xabar qilingandi.

Mavzuga oid