Minerva City'dan joy oladigan xalqaro universitetga tamal toshi qo‘yildi
17 sentabr kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, oliy va o‘rta maxsus ta'limi vaziri birinchi o‘ribosari O‘ktam Salomov, shuningdek, sarmoyadorlar, tadbirkorlar, kompaniya hamkorlari va do‘stlari yangi ko‘p funksiyali Minerva City turar joy majmuasi qurilish maydoniga tashrif buyurishdi. Minerva City – hududidan xalqaro universitet joy oladigan Sergelidagi «shahar ichida shahar».
Hokim 10.000 nafar talabaga mo‘ljallangan universitet konsepsiyasini baholab, o‘z nutqida: “Bu loyiha Toshkent shahri, Toshkent fuqarolari, Sergeli tumani, yangi tashkil qilinayotgan Yangihayot tumani va umuman mamlakatimiz fuqarolari uchun katta quvonch keltiradi. Universitetning qurilishi O‘zbekiston yoshlari, Toshkentimiz yoshlari uchun katta imkoniyat va Toshkent shahri uchun esa katta muvaffaqiyat deb o‘ylayman”, deb ta'kidlab o‘tdi.
Minerva City – 100 gektar maydonga ega yangi turar joy majmuasi. MJ Developers xalqaro kompaniyasining barcha loyihalari “shahar ichida shahar” prinsipiga asosan qurilmoqda. Qurilish ishlari jadal borayotgan Namangan Square va Rohatda qurilajak Lake City bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Minerva City ham istisno emas. Bu esa turar joy hududida qulay hayot kechirish uchun barchasi, ya'ni lyuks darajasidagi turar joy binolari, avtoturargohlar, shoping va biznes markazlari, parklar, bolalar maydonchalari, sayr uchun yashil hudud, mehmonxona, ko‘ngilochar markazlar, hatto golf maydonining ham mavjud bo‘lishi, demakdir.
Majmuaning ajralib turadigan muhim jihatlaridan biri bu bo‘lajak liderlarning rivojlanishi va ta'lim olishiga e'tiborning kuchliligidadir. Minerva City'da jahon darajasidagi bolalar bog‘chalari, maktablar va kollejlar, eng asosiysi – xalqaro universitet quriladi. Aynan shu Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi vakillarining tashrifi uchun asosiy sabab bo‘ldi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev MJ Developers boshqaruvi raisi Murari Lal Jalal bilan birgalikda ushbu unutilmas sana sharafiga memorial lavha o‘rnatish orqali Minerva City'da xalqaro universitet qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan ramziy marosimni tantanali ravishda nishonladi. Bu darhaqiqat, tarixiy sanadir, axir aynan shu yerda yoshlar xalqaro darajada ta'lim olishadi, universitet esa yaqin yillarda bo‘lajak liderlarni tayyorlay boshlaydi.
Memorial lavha o‘rnatishdan tashqari MJ Developers mehmonlar uchun loyiha taqdimotini ham o‘tkazdi. Taqdimotda ta'kidlab o‘tilganidek, birinchi fazada universitet qurilishi rejalashtirilgan va 2021 yil sentyabrdan o‘quv yilini boshlash kutilmoqda, keyingi besh yil davomida qolgan talabalar shaharchasi, sport majmuasi, kutubxonalar va talabalar yotoqxonasi ham quriladi.
Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:
MJ Developers veb-sayti: themjdevelopers.com
Minerva City veb-sayti: minervacity.uz
Telefon: 1145
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«O‘lim zonasi» yaratayotgan Isroil, Kremldan otashkesim uchun shartlar va bojlar zaruriyatini tushuntirgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 12:58
-
O‘zbekiston fuqarolari Oltoy o‘lkasidagi korxonalarga ishga jalb etiladi
Iqtisodiyot | 12:55
-
O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasida vizasiz tartib joriy qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 12:52
-
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:31
Mavzuga oid

17:29 / 08.02.2024
Minerva City’ni qurishga ajratilgan yer shahar hokimligi balansiga qaytarildi - Yangihayot tumani hokimi

18:28 / 05.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev - Magic City, Minerva City va “Paxtakor” haqida

17:49 / 17.01.2023
Shikoyat taqdiri nima bo‘l(a)di? – Bosh prokuraturaning hokim va investorga oid tekshiruv tafsilotlari haqida

19:10 / 08.12.2022