
Adliya vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabariga köra, assotsiatsiyaning asosiy maqsadi volontyorlik faoliyatini taşkil etişga qaratilgan fuqarolik taşabbuslarini rivojlantiriş, insonparvarlik, bağrikenglik hamda hamjihatlilikni qöllab-quvvatlaş hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilişdan iborat.
Assotsiatsiyaning taşkil etilganligini “5 dekabr – Xalqaro volontyorlar kuni”ga munosib sovğa deb hisoblaş mumkin, deyiladi xabarda.
Bugungi kunda 80dan ortiq mamlakatda yirik professional volontyorlik taşkilotlari mavjud. Köngillilar sektori jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişining muhim tarkibiy bölagini taşkil etadi.
Mamlakatda ham volontyorlik faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaş maqsadida, “Volontyorlik faoliyati töğrisida”gi qonun qabul qilindi.
Unga köra, volontyorlik orqali kam ta'minlanganlarga, köp bolali oilalarga, boşpanasizlarga yordam körsatiş, bemorlarni, nogironligi bölgan şaxslarni, qariyalarni parvarişlaş, sport, madaniy va boşqa tadbirlarni taşkil etişga kömaklaşiş hamda boşqa usullarda xayriya işlarini amalga oşiriş mumkin.
Qonun davlat organlariga volontyorlar (volontyor guruhlar, volontyor taşkilotlar) bilan ijtimoiy şeriklik töğrisida şartnomalar tuziş orqali ularni qöllab-quvvatlaş imkonini berdi.











