O‘zbekistonlik astrofizik olim Islom dunyosi fanlar akademiyasi a'zosi bo‘ldi
O‘zR FA Astronomiya instituti olimi professor Bobomurod Ahmedov Islom dunyosi fanlar akademiyasi a'zoligiga saylandi.

“O‘zR FA Astronomiya instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor, Butunjahon fanlar akademiyasining akademigi (The World Academy of Sciences, TWAS) Bobomurod Ahmedov Islom dunyosi fanlar akademiyasi (Islamic World Academy of Sciences, IAS) a'zosi etib saylandi”, — deya ma'lum qildi FA matbuot xizmati.
Iordaniyaning Ummon shahrida joylashgan IAS akademiyasi 1986 yilda Islom dunyosi mamlakatlarining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun fan va texnologiyalarni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan.
IAS akademiyasi, shuningdek, Islom Hamkorlik Tashkilotining (IHT) Ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mitasi (COMSTECH) hisoblanadi. Uning a'zosi bo‘lish olimning dunyo hamjamiyati tomonidan tan olinishini anglatadi.
“2020 yil 1 dekabr kuni Iordaniyaning Ummon shahrida Islom dunyosi fanlar akademiyasi Bosh assambleyasining 22-yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, unda yangi a'zolar, shu qatorda O‘zbekistonlik olim – Bobomurod Ahmedov ham saylandi”, — deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda relyativistik astrofizika bo‘yicha yangi ilmiy maktab yaratgan olim Fizika-matematika fanlari doktori, professor B.J. Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti Nazariy astrofizika laboratoriyasining mudiri sifatida faoliyat yuritib keladi. Bobomurod Ahmedov O‘zbekistonda 2017 yilda eng ko‘p havola qilingan muallif («Highly Cited Author», Web of Science), 2018 yilda "Yil olimi - 2018" («Researcher of theYear», Scopus) mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
Jamiyat | 17:17
-
“Shohrux Abdunazarovni majburiy keltirish tadbirlari amalga oshirilmoqda” – Jizzax IIB yuk mashinalari bilan bog‘liq firibgarlik haqida
Jamiyat | 17:03
-
ANORBANK Jazoirda XSRIK bilan 10 million dollarlik moliyalashtirish bitimini tuzdi
Jamiyat | 17:00
-
O‘zbekiston prezidenti ilk bor Sloveniyaga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 16:57
Mavzuga oid

18:49 / 03.03.2025
Ayrim xorijiy so‘zlarni o‘zbekcha muqobiliga almashtirish taklif etildi

22:24 / 01.02.2025
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi Galina Matviyevskaya vafot etdi

17:28 / 16.12.2024
Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasi prezidenti etib saylandi

11:36 / 07.12.2024