«Har bir viloyat o‘z ayollarini himoyaga olsin». Reabilitatsiya markazlarida ko‘chada qolgan ayollar bilan ishlanmasligi aytildi
O‘zbekiston Gender tenglik komissiyasining 21 dekabrdagi yig‘ilishida zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan ayollarni reabilitatsiya qilish haqida so‘z bordi. Respublika ijtimoiy reabilitatsiya markazi direktori Muqaddam Rasulovaning aytishicha, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rmasa-da, markazda qolishga urinayotgan ayollar soni ortmoqda.

«Hozirda respublika bo‘yicha 180ta markaz faoliyat olib boryapti. Asosiy muammolardan biri shundaki, ko‘chada qolgan ayollar, jabr ko‘rmagan bo‘lsa-da bizning markazga olib kelinmoqda. Ularni qabul qilyapmiz. Chunki boradigan joyi yo‘q. Yonida ikkita farzandi bor. Lekin keyin ularni qaytarib chiqarib yuborish imkoniyati juda qiyin bo‘lyapti. Buning huquqiy asosi ham yo‘q. Yana bir og‘riqli jihat, shu paytgacha reabilitatsiya markazlarida normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmagan.
Markazlarimizdagi ayollar orasida ruhiy xasta va tushkunlikka tushib qolganlari ko‘p uchraydi. Biz aslida faqatgina zo‘rlikdan jabr ko‘rgan ayollarni qabul qilib, ular bilan ishlashimiz kerak. Chunki ko‘chada qolgan hamma ayollar bilan ishlash imkoniyatimiz yo‘q. Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan va boshqa viloyatlardan bizning markazlarda ayollar yashamoqda. Ularning ikkita, uchtadan bolalari bor.
Masalaning yana bir chigal tomoni shundaki, ular bizdan uy-joy talab qilishyapti. «Uy-joy bersanglar, Toshkentda qolamiz, shu yerda ishlaymiz, agar bermasanglar, bu yerdan chiqib ketmaymiz», deb tazyiq o‘tkazishga ham harakat qilishyapti. Hozirda 32ta koykamiz mavjud va u yerda 6-7 oylab yashayotgan ayollar bor. Chunki huquqiy hujjat qilinmagan. Buni birgalikda ko‘rib chiqib, ularni chiqarib yuborish bo‘yicha ichki ishlar organlaridan yordam so‘rayapmiz. Hamma viloyatlar o‘zlarining ayollarini himoyaga olsin. Vakillari kelib olib ketishsin.
Kuni kecha Surxondaryodan bir ayolni olib kelishdi. Uning 3 nafar farzandi erida qolgan. Biz 3 kun muddatga deb qabul qilib oldik. Lekin hozir «men ketmayman, ishlayman, shu yerda qolaman», deyapti. Ular tushkunlikka tushib qolgan ayollar hisoblanadi», deya markaz rahbari so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yilning o‘tgan 11 oyi davomida ichki ishlar organlari tomonidan turli tazyiq va zo‘ravonliklarga uchragan 11 ming 138 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan. Ularning 9 ming 916 nafari (89 foiz) oilada tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, 5 ming 418 nafariga nisbatan esa jismoniy zo‘ravonlik sodir etilgan. Shuning natijasida 652ta oila ajrashib ketgan.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishi mumkin - OAV
Jahon | 00:43
-
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi
Jahon | 00:18
-
Toshkentdagi tungi klub oldida fuqarolarni kaltaklagan erkak Qozog‘istonda ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 17.03.2025
-
BYD elektromobillarni 5 daqiqada quvvatlash imkonini beradigan yangi tizimni taqdim etdi
Fan-texnika | 23:25 / 17.03.2025
Mavzuga oid

23:51 / 16.01.2025
«Gender tenglik faoli» milliy tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

09:07 / 02.07.2021
«Ayollarni zo‘ravonlikdan asrash uchun erkaklar bilan ishlash mexanizmini yaratish kerak» – Reabilitatsiya markazi rahbari

22:57 / 01.07.2018