Özbekistonga yetib kelib, karantin muddatini ötagan guruh koronavirus pandemiyasi boşlangandan buyon Markaziy Osiyoga taşrif buyurgan AQŞ almaşinuv iştirokçilarining ilk guruhidir.

«Özbekiston prezidenti parlamentga qilgan murojaatida çet tillarini örganişni bu yilgi ustuvor vazifalardan biri deb ta'kidladi. Şu bois, joylarda ingliz tilini örgatişni yanada yaxşilaşga kömaklaşişi uçun biz AQŞdan mutaxassislarni taklif etdik. Bu bizga yuqori maqsadlarga ega «English speaking Nation» loyihamizni amalga oşirişda yaqindan yordam beradi», dedi vazir Şermatov.

Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov

«Sizlarni bu yerda kutib olib, uşbu marosimni Özbekiston hukumati bilan birgalikda nişonlayotganimizdan bağoyatda xursandman. Siz ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaş, ingliz tilini xorijiy til sifatida öqitiş, ilmiy tadqiqotlar va pedagogika böyiça mutaxassisligingizni özbekistonlik hamkasblar bilan baham köriş uçun muhim safarga otlandingiz.

Har biringiz mamlakat böylab sinfxonalar va ta'lim muassasalarida muhim ahamiyatga molik işlarga poydevor bölib xizmat qilasiz. Ingliz tilida sözlaşuvçi mutaxassis sifatida sizlar hukumatlarimizning ingliz tilida ravon sözlaşuvçi bitiruvçilarni köpaytiriş va Özbekiston yoşlarining ta'limga oid hamda iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiriş uçun birgalikda maqsadlarimizga katta hissa qöşasiz», dedi elçi Rozenblyum öz tabrik nutqida.

AQŞ elçisi Deniyel Rozenblyum

Öqituvçilarning aksari mahalliy öqituvçilar davrasiga qöşilib, sinfxonalardagi darslarda bevosita iştirok etadi. Guruhdagi yetti kişi esa «English Speaking Nation» dasturi doirasidagi «Murabbiy-trenerlar» nomli pilot loyihada iştirok etadi. Ularning maqsadi Özbekiston örta maktablaridagi çet tili öqituvçilariga kasbiy rivojlaniş va malaka oşirişda amaliy yordam berişdan iborat. Uşbu dasturni AQŞ elçixonasi jamoatçilik bilan aloqalar bölimi granti asosida Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda Amerika kengaşlari amalga oşiradi.

Mazkur mutaxassislar Toşkent, Qaşqadaryo, Andijon, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Namangan, Surxondaryo, Farğona, Jizzax, Navoiy viloyatlari, Toşkent şahri va Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat olib borişi rejalaştirilgan.