Shavkat Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi etib tasdiqlandi
Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Namanganda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashi navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda 2020 yil 25 sentyabrdan buyon Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelgan Shavkat Abdurazzoqov viloyat hokimi etib tasdiqlandi. Shu tariqa, uning lavozimidan vaqtincha bajaruvchi so‘zi olib tashlandi.
«Xabarlaring bor, Namangan viloyatining avvalgi hokimi Xayrulla Bozorov islohotlarimizni amalga oshirish bo‘yicha ko‘p ishlar qildi. Boshqa hududlarda bo‘lgani kabi katta korxonalari yo‘q Namanganda hokim bo‘lish oson emas. Biz Namanganda Bozorov bilan yaxshi ishladik. Bu yerda olingan saboq va tajribani ikkinchi viloyatda ham qo‘llash, odamlarning birini ikki qilish uchun uni Farg‘ona viloyatiga hokim qildik.
U yaxshi ishlagani uchun Farg‘ona viloyatiga o‘tkazdik. Bozorov bilan gaplashib, unga yangi vazifalar qo‘ydik. Mening Bozorovdan umidim katta.
Endi Namangan viloyatiga yangi hokim tayinlash masalasini ko‘rib chiqishimiz kerak. Namanganning bugungi rivojiga munosib, uddaburron, xalqparvar, tadbirkorni qo‘llab-quvvatlaydigan odamni rahbar qilib saylashimiz kerak», degan prezident.
Davlat rahbari hokimlarni tayyorlash va tayinlash mas'uliyati haqida gapirgan.
«Hayot shundayki, men har bir viloyatga rahbar bo‘la oladigan odamni to‘rt-besh yil oldin tayyorlashga majburman.
Endi yangi hokim masalasida gapirsak. Shavkat Abdurazoqov Namangan tumani, Namangan shahrida hokim bo‘lgan, Vazirlar Mahkamasida departament mudiri, vazir bo‘lib ishlagan. Namanganning sharoitini, xalqning dardini, Toshkentdagi kabinetlar eshigini qanday ochishni, masalani qanday hal qilishni biladi.
Namanganga Toshkentdan birorta vazirni olib kelish mumkin edi, lekin Namanganni yaxshi biladigan odam qo‘yilishi to‘g‘riroq bo‘ladi. Men Shavkat Abdurazzoqovni Namangan viloyati hokimi vazifasiga tavsiya qilaman. Hozirgi holatda undan yaxshiroq nomzod yo‘q, deb o‘ylayman. U sizlar uchun yangi odam emas, o‘z ichingizdan chiqqan odam», dedi prezident Shavkat Abdurazzoqov haqida.
Shavkat Abdurazzoqovning nomzodi Namangan viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Namangan viloyati hokimi vazifasiga tasdiqlangan Shavkat Abdurazzoqov bu nomga munosib ko‘rilgani uchun minnatdorlik bildirib, nutq so‘zladi.
«Meni bu lavozimga munosib ko‘rganingiz uchun rahmat. Belgilab bergan vazifalaringizni so‘zsiz bajarishga va'da beraman. Viloyatni obod qilish uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilishga, xalqimizga xuddi ota-onamga xizmat qilgandek xizmat qilishga so‘z beraman.
Mahalla islohotchi taklifini berdingiz. Ruxsat bersangiz, «Obod mahalla» dasturiga kiritilgan 17ta mahalladan birortasiga ko‘chib borsam va xalq rozi bo‘lganidan keyin qaytsam», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, Shavkat Abdurazzoqov 2020 yil 25 sentyabrda Farg‘ona viloyatiga hokim bo‘lib o‘tgan Xayrulla Bozorov o‘rniga Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lgandi. Namangan viloyatiga hokim bo‘lgunga qadar Abdurazzoqov 2020 yil mart oyidan buyon Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi sifatida ishlagan. Shuningdek, u 2015-17 yillarda Namangan tumani hokimi, 2017-20 yillarda Namangan shahar hokimi bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17
-
AQShda oqqush gavjum shossega yugurib chiqib, avtomobillar harakatini deyarli to‘xtatib qo‘ydi (video)
Jahon | 14:58
-
O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishlash uchun jo‘natiladi
O‘zbekiston | 14:43
-
Zelenskiy AQShning Rossiyaga nisbatan «kuchli qadamlari» haqida ogohlantirdi
Jahon | 14:39
Mavzuga oid

17:59 / 06.03.2025
“Namangan” maxsus eksport zonasi tashkil etiladi

22:00 / 03.03.2025
“Elchi bo‘lmoqchiman” - namanganlik “ingliz” qiz

00:12 / 25.02.2025
Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi

23:08 / 20.02.2025